Antonio Konte: “MYU” g'alabani ko'proq istadi
17 apr 2017 00:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/249447_original.jpg)
![](/upload/storage/249447_220.jpg)
Antonio Konte: “MYU” g'alabani ko'proq istadi
“Raqib g'alabaga haqli edi. “Manchester Yunayted” g'alabaga chanqoqligini namoyish etdi.
Albatta bu kabi holatlarda barcha ayb murabbiyning zimmasida bo'ladi. Aniqrog'i, menga. Men jamoani g'alaba sari ruhlantira olmadim.
Bu kabi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatish uchun o'yinga jiddiy hozirlik ko'rish lozim. Biz barchamiz ishlashda davom etishmiz va chempionlikka erishish yo'lini topishimiz lozim. Agar kimdir “CHelsi” sovrinni yutishi normal holat, deb hisoblasa, adashadi. Jamoa o'tgan yili mavsumni 10-pog'onada yakunladi va joriy mavsumni ham o'sha kayfiyatda boshlaganini eslashi lozim.
Ayni paytda “Tottenxem” ajoyib formada. Jamoa ajoyib kayfiyat bilan o'ynamoqda. Biz ham har bir uchrashuvda g'oliblik ruhi bilan maydonga tushishimiz lozim”, deydi Konte.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar