Antonio Konte: "Inter"ga "Barsa" bilan o'yinda motivaciya kerak emas, kataloniyaliklar nomining o'zi etadi"
02 okt 2019 19:10
Yangiliklar


Antonio Konte: "Inter"ga "Barsa" bilan o'yinda motivaciya kerak emas, kataloniyaliklar nomining o'zi etadi"
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte CHempionlar ligasi ikkinchi turida "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"Guruhimiz qiziqarli va qiyin. Biz buni "Slaviya" bilan o'yinda tushunib etdik. Agar sizning oldingizga qo'ygan katta maqsad bo'lsa va imkon qadar uzoqroqqa borishni istasangiz, har qanday stadionda ochko jamg'arish kerak bo'ladi.
"Barselona"ga qarshi o'ynash qiyin – bu jahonning eng kuchli jamolaridan biri va CHempionlar ligasi g'olibligiga davogar. Lekin, kerakligicha hurmatni saqlagan holda o'z futbolimizni namoyish etishni xohlaymiz. Bizga bu jamoaga qarshi uchrashuvda motivaciya kerak bo'lmaydi, sababi "Barsa" nomining o'zi etadi", – deydi Konte.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar