Antonio Konte: “Imkoniyatlarimizdan foydalana olmayapmiz”
22 iyu 2020 07:58
Yangiliklar


Antonio Konte: “Imkoniyatlarimizdan foydalana olmayapmiz”
“Inter” ustozi “Sampdoriya”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanmayapmiz. Ammo qaytarib aytaman — bu jamoaning jismoniy holati bilan bog'liq emas. Biz bunday holatni Italiya Kubogi yarim finalida “Napoli”ga qarshi o'yinda ham ko'rdik. Raqibga kerak yagona narsa — bitta omadli rikoshet. Bu o'yin bizga shu kabi bahslarni sport jihatidan “o'ldirish”ni o'rgatishi lozim. Eriksen endi bizga moslashyapti. Kelajakda u ko'plab gollar uradi deb o'ylayman”, — deydi Konte.
“Inter” kelasi turda “Sassuolo”ni o'z uyida qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar