So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Antonio Konte: “Bizda fantastik seriya. Meni emas, futbolchilarimni tabriklang” Yangiliklar

Antonio Konte: “Bizda fantastik seriya. Meni emas, futbolchilarimni tabriklang”

“Kristal Pelas” ustidan (1:0) g'alaba qozonib, g'alabali seriyasini 11 ta uchrashuvga etkazgan “CHelsi” ustozi Antonio Konte uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 “Kristal Pelas” ustidan (1:0) g'alaba qozonib, g'alabali seriyasini 11 ta uchrashuvga etkazgan “CHelsi” ustozi Antonio Konte uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bizda fantastik seriya.  Futbolchilarimni tabriklashingiz mumkin. Men ulardan xursandman, chunki ular bunga loyiq edilar. Men har kuni shogirdlarimning o'z ishlariga bo'lgan munosabatlarini - o'yinga jon jahdlari bilan  tayyorgarliklarini kuzatayapman. Endigina 17-tur ortda qoldi. Tanaffusga qadar yana ikkita tur bor. Biz yaxshi ishlayapmiz va shu sabab munosib pog'onada bormoqdamiz. Jadvalga etibor qilmasdan o'z ishimizni davom ettirishimiz lozim.

Biz hujum va himoya o'rtasidagi muvozanatni topa oldik. Bir qator vaziyatlarda darvozabonimiz hal qiluvchi rolni bajardi. O'tgan turda biz maydonda raqibga nisbatan ustunlik qilgan bo'lsakda, Kurtua ajoyib “seyv”i orqali bizni goldan qutqardi. O'tgan mavsumda u ko'plab gollar o'tkazdi. Ammo bu yil uning ishlari joyida. Biz jamoaviy himoyalanib, hujumga ham ko'pchilik bo'lib o'tmoqdamiz. Afsuski, bugungi bahsda Diego Kosta beshinchi sariq kartochkasini oldi. Bu unga munosibmimidi yoki yo'q, bilmayman. Ammo bu vaziyat ro'y berdi va biz boshqa hujumda boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz. Kosta va Kante biz uchun o'ta muhim futbolchilar” deydi Konte.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика