So’nggi yangiliklar

03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  17 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  6 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  162 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

"Antalyaspor" prezidenti: "O'zbekistonlik futbolchilarga qiziqishlarimiz bor" Yangiliklar

"Antalyaspor" prezidenti: "O'zbekistonlik futbolchilarga qiziqishlarimiz bor"

“Andijon” klubining Antaliya yig'ini mobaynida Turkiya Superligasida o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalaridan biri – “Antalyaspor” bilan hamkorlik qilish bo'yicha 5 yillik shartnoma imzolangani xususida malumot berib o'tdik.

Mazkur kelishuvdan ikki tomon ham juda manfaatdor. Ayniqsa, “Antalyaspor” klubi prezidenti janob Aziz CHetin ham jamoamiz bilan hamkorlikni to'la qo'llab-quvvatladi.  Barchasi rasmiylashtirilgach, “Antalyaspor” prezidenti “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi. 


-  “Andijon” jamoasining “Antalyaspor” bilan o'zaro hamkorlik shartnomasini imzolashi o'zbek hamda turk futboli tarixida ilk bor ro'y bermoqda. Bu kelishuvga rozi bo'lishingizga avvalo nima turtki berdi va bundan nima kutyapsiz?

-  O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi madaniyatlarimiz deyarli bir xil, biz qardoshlarmiz. Bu bizning siyosatimizni bir qismi. O'zbekiston Osiyoning markazida joylashgan. O'zbekiston bilan qardoshligimiz va madaniyatimizning o'xshashligi bor va biz barchasini o'rganib chiqdik. Klub ham o'ziga yarasha tarixga ega ekan. Mana, endi yaxshi niyatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yyapmiz. Biz dunyoning turli burchaklarida klubimizning filiallarini ochganmiz va hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yganmiz, masalan, Argentina, Kosovo, Janubiy Afrika, Belgiya, Kiprda. Ammo Osiyo futboli bozori bo'yicha o'ylanib turgandik. Sizlardan taklif kelib qoldi va bunga mamnuniyat bilan rozilik bildirdik. Qardosh mamlakat futboli bilan do'stona aloqalarni o'rnatish biz uchun faxr.

-  Ijobiy fikrda ekaningizdan mamnunmiz va ayting-chi, o'zbek futboli haqida qanchalik tasavvurga egasiz?

-  Har doim skautlarimiz o'zbek futbolini ham kuzatib yurishadi. SHu bois O'zbekiston futboliga hamma vaqt etibor qaratib yuramiz. Bizda ozarbayjonlik va tojikistonlik yoshlar ham bor. O'zbekistonda ham ajoyib iqtidorlar borligini bilamiz. Umuman, O'zbekiston futboli nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun qitada ham kuchli hisoblanadi. Yurtingiz o'yinchilariga qiziqishlarimiz bor. SHu sababli ham biz ushbu hamkorlikka rozilik bildirdik. Mana, “Andijon” klubi rahbari bizni O'zbekistonda o'tadigan U-20 Osiyo chempionatiga taklif qildi. Ferda Ramanli boshchiligidagi guruhimizni Afrikada o'tadigan qita chempionatiga yuborsak, Erdem Erdal boshchiligidagi vakillarimiz esa Toshkentga borishadi.

-  2024 yili “Andijon” klubining yubiley 60 yilligi nishonlanadi. Klub rahbariyati esa siz boshchiligingizdagi “Antalyaspor”ni mazkur yubiley tadbiri uchun o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilmoqda. CHindan ham Andijonga kelish rejasi bormi?

-  Xudo xohlasa boramiz. Axir biz hamkorlikni yo'lga qo'ydik. SHunday ekan, borishga harakat qilamiz. Bizning homiyimiz “Corendon Airlines” aviakompaniyasi hisoblanadi. Odatda biz qaerga borsak ham o'zimizning samolyotda parvoz qilamiz va Andijonga ham shaxsiy samolyotimiz orqali etib boramiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика