Anri yangi murabbiy bilan Belgiya terma jamoasini boshqaradimi?
08 fev 2023 23:10
Yangiliklar
Anri yangi murabbiy bilan Belgiya terma jamoasini boshqaradimi?
Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Anri Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etadi.
Bugun Domeniko Tedesko "qizil iblislar"ning yangi ustozi sifatida elon qilindi. 37 yoshli mutaxassisning belgiyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha belgilangan.
"Biz Terri bilan suhbatlashdik, chunki uning fikri bizga qiziq va milliy jamoaning kelajagidan havotirdamiz. Ammo u endi jamoada ishlamaydi. Uning mehnatini qadrlaymiz. Tomas Vermalenning ishlaridan hayratlandik va u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchimiz, ammo buni muhokama qilishga ulgurmadik" - deydi Belgiya Qirollik futbol associaciyasi bosh direktori Peter Bossart.
Anri 2016-2018 yillarda Belgiya terma jamoasida Roberto Martines shtabida ishlagan. Keyin u "Monako" va "Monreal Impakt" klublarini boshqardi. Terri Anri 2021 yilda belgiyaliklar safiga qaytdi.
Fikrlar