Anri: "Kevin – men ko'rgan eng aqlli futbolchi"
11 may 2023 12:38
Yangiliklar
Franciyalik futbolchi "Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisini o'zi ko'rgan eng aqlli futbolchi deb hisoblaydi.
De Bryuyne CHempionlar Ligasi yarim finalida "Real"ga qarshi uchrashuvda gol urib, hisob 1:1 bo'lishini taminladi.
"De Bryuyne hali ham "Manchester Siti"ning eng muhim futbolchisi. Men ko'plab futbolchilar bilan o'ynaganman, mashg'ulot o'tkazganman va boshqalarni kuzatib borganman. Kevin hammadan aqlliroq.
Hech kim maydonda de Bryuynechalik fikrlamaydi. U qoyilmaqom futbolchi va o'zga sayyoradan kelganga o'xshaydi", – dedi Anri.
Anri bir necha yil De Bryuyne bilan ishlagan. Franciyalik mutaxassis Roberto Martines davrida Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida edi.
31 yoshli de Bryuyne joriy mavsum "Manchester Siti" safida 44 ta o'yinda maydonga tushdi. U 10 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar