Aniq zarbalardan ko'ra jamoa sardorlari ko'p "Manchester Yunayted"
02 noy 2023 08:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/768674_original.jpg)
![](/upload/storage/768674_220.jpg)
Aniq zarbalardan ko'ra jamoa sardorlari ko'p "Manchester Yunayted"
"Nyukasl"ga qarshi kubok o'yinida (0:3) "Manchester Yunayted"da uch nafar futbolchi sardorlik bog'ichini taqdi.
O'yinni Kazemiro sardor sifatida boshladi va tanaffusda almashtirildi. Ikkinchi taymda Viktor Lindelyov jamoani sardor sifatida olib tushdi. Biroq u ham 65-daqiqada almashtirildi va bog'ichni Brunu Fernandeshga berdi.
O'yin davomida MYU "Nyukasl" darvozasi tomon bor-yo'g'i ikkitagina aniq zarba bera oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar