A.Nikimbaev: “Abramovda Pro diplomi bo'lmasa, “Dinamo”ni nega boshqarmoqda? Levchenko PFL yig'ilishida nega qatnashdi?”
20 sen 2022 10:05
Yangiliklar
A.Nikimbaev: “Abramovda Pro diplomi bo'lmasa, “Dinamo”ni nega boshqarmoqda? Levchenko PFL yig'ilishida nega qatnashdi?”
Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaev kecha PFL binosida bo'lib o'tgan 2023 yilgi Superliga rejasi bo'yicha yig'ilish haqida fikr bildirdi.
“Malum bo'lishicha, kecha Toshkentda yig'ilish o'tkazildi va unga faqat Pro diplomiga ega murabbiylar taklif qilingandi.
SHu o'rinda savol tug'iladi, agar Vadim Abramovda bunday diplom bo'lmasa, “Dinamo”ni nega boshqarib kelmoqda?
Misol uchun, Vitaliy Levchenkoda Pro diplomi yo'q, shuning uchun “Neftchi” bosh murabbiyi rasman Vladimir Ejurov hisoblanadi. Darvoqe, “Istiqlol” ham OCHLda Levchenkoni bosh murabbiy sifatida ko'rsatmagandi. 2021 yilda yordamchi, bu yil esa vazifani bajaruvchi sifatida.
Xullas, kechagi tadbirda Levchenko ham bo'lgan deb aytishmoqda. Yoki unga bunday yig'ilishlarga Pro diplomisiz qatnashishga ruxsat berilganmi?”, deya yozgan sahifasiga Nikimbaev.
Fikrlar