Angliyaning ikki klubi Serji Robertoni tekinga qo'lga kiritmoqchi
27 okt 2021 19:52
Yangiliklar
Angliyaning ikki klubi Serji Robertoni tekinga qo'lga kiritmoqchi
"Arsenal" va "Manchester Siti" klublari "Barselona" himoyachisi Serji Robertoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar o'yinchini tekinga qo'lga kiritmoqchi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Robertoning narxi 15 million evroni tashkil etadi.
Oldinroq "Barselona" 29 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatgani to'g'risida xabar qilingandi.
Himoyachi butun faoliyati davomida "Barselona"da to'p surgan. Serji jamoa bilan 6 marta Ispaniya chempionligi va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.
Joriy mavsumda Roberto La Ligada 8 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
00:44
Pep Gvardiola: "Husanov APLda o'ynashga tayyor. ECHLda esa pley-offga chiqib olishimiz kerak" 5
Fikrlar