So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  1 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Angliyalik "tilla bola" - Maykl Ouen! Yangiliklar

Angliyalik "tilla bola" - Maykl Ouen!

Bugun Angliya futbolida so'nggi 20 yillikning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan Maykl Ouen tavallud ayyomini nishonlamoqda.

SHu munosabat bilan futbolchi haqidagi malumotlarni taqdim etishga qaror qildik.

Maykl Jeyms Ouen (Michael James Owen); 1979 yilning 14 dekabrida Angliyaning CHester shahrida tug'ilgan. Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi. O'z vaqtida Liverpul, Real, Nyukasl va Manchester Yunayted kabi jamoalarda o'ynagan.
2001 yilda Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Angliya terma jamoasida 18 yoshu 59 kunligida debyut qilgan. 40 ta gol bilan Angliya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida beshinchi o'rinda turibdi.



Maykl Ouen “Everton”ning sobiq futbolchisi Terri Ouen oilasida tug'ilgan.

U maktabdagi dugonasi Luizaga uylangan va ushbu juftlik ayni paytda 4 nafar farzandning ota-onasi.

1996 yilning dekabrida, 17 yoshligida u “Liverpul” bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. 1997 yilning 6 may kuni esa asosiy tarkibda debyut qiladi. O'sha o'yinda Ouen gol kiritib hisobni ochgan, lekin “qizillar” “Uimbildon”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.

Uning bo'yi 170 santimetr. Umuman olganda, jismoniy kuchga asoslangan britan futbolida bunday bo'y bilan hujum chizig'ida o'ynash aqlga sig'maydi. Lekin, Maykl bunday fikrlar asosga ega emasligini isbotlab qo'ygan. Ouenning asosiy quroli – tezligi edi. Aynan tezlik va yuqori texnika evaziga u raqib posbonlariga etarli qiyinchiliklar tug'dirardi.

Mayklning eng yorqin damlari 2001 yillarga to'g'ri keladi. O'sha yilning 1 sentyabr kuni ingliz futboli tarixiga zarxal harflar bilan yozilgan. O'shanda Angliya terma jamoasi Germaniyani safarda 5:1 hisobida mag'lub etgandi. Qahramonimiz esa o'yinda xet-trik muallifiga aylangan. O'shanda Maykl “Liverpul”dagi do'stlari Jerrard va Xeski bilan birgalikda “nemis mashinasi”ni sharmandalarcha mag'lub etgandilar.
Muxlislar va jurnalistlar uni “tilla bola” deb atashardi. CHunki, Mayka ingliz futbolida so'nggi 20 yillikning eng istedodli futbolchilaridan biri edi.



2004 yilda Ouen “Real” safiga ko'chib o'tadi. U Madridda zaxira futbolchisi bo'lishiga qaramasdan mavsum davomida 16 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.
2005 yilning yozida esa Ouenning Ispaniyadan ketishi haqidagi xabarlar tarqaladi. Albatta o'shanda Benites  qo'l ostidagi “Liverpul” futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishni istardi. Lekin, 11 million funtlik transfer summasi o'shanda “qizillar” uchun qimmatlik qilgan.



SHundan so'ng u “Nyukasl” safiga borib qo'shilgan.  “Qarg'alar” tarkibidagi 4 ta mavsumda u 26 marta gol kiritgan.

Keyingi manzil – “Manchester Yunayted”. “Qizil iblislar” tarkibidagi 3 ta mavsumda u bor yo'g'i 31 marta maydonga tushgan va 5 martagina raqiblar darvozasi tomon aniq yo'l topa olgan.To'g'ri, u jamoa safida Angliya CHempionligi, Kubok sohibi va Angliya Superkubogi sog'ibiga aylangan. Lekin, Mayklning ushbu yutuqlarga qo'shgan hissasini katta deb ayta olmaymiz. Sababi – tinimsiz olingan jarohatlar edi.

2012 yil esa “Stok Siti” tarkibiga yo'l oladi va bu erda ham ko'p ushlanib qolmaydi. Futbolchi u erda o'ynashdan ko'ra klub lazaretida ko'proq vaqtini o'tkazadi. Jamoa safida 8 tagina o'yin va 1 ta gol kiritadi. Lekin, o'sha bitta gol Ouenning APLdagi yubiley – 150-goli hisoblanadi.

Birozdan so'ng esa u futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida elon qiladi.

Keyinchalik u bir qancha sobiq futbolchilar kabi TV sohasida futbol eksperti bo'lib faoliyat olib borishni boshlagan.



To'g'ri, uning natijalari havas qilarli darajada emas. Agar ketma-ket olingan jarohatlar bo'lmaganda bugungi qahramonimiz dunyo futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan bo'lishi aniq edi!

Ouenning faoliyati davomida kiritgan eng ajoyib 10 ta golini tomosha qiling:



Erishgan sovrinlari:

“Liverpul”

Angliya Kubogi sohibi: 2000/01
Liga Kubogi sohibi: 2000/01, 2002/03
Angliya Superkubogi sohibi: 2001
UEFA Kubogi Sohibi: 2000/01
UEFA Superkubogi Sohibi: 2001


“Manchester Yunayted”

Angliya chempioni: 2010/11
Liga Kubogi sohibi: 2009/10
Angliya Superkubogi sohibi: 2010


SHaxsiy yutuqlari:

“Liverpul” safida gol urgan eng yosh futbolchi: 1997
“Yil jamoasi” azosi: 1997/98
“Oltin To'p” sohibi: 2001
APL oltin butsasi sohibi: 1997/98, 1998/99
“FIFA100” ro'yhatiga kiradi


Vikipediya malumotlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Futbolga oid tezkor va muhim xabarlar saytimizning Telegram'dagi sahifasida! Obuna bo'lishni tavsiya etamiz > > > TELEGRAM'DAGI KANALIMIZ

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика