So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  13 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Angliyalik Teylor Millatlar Ligasi g'olibligini Franciyaga olib berdimi? Ispanlar francuzlardan yaxshi o'ynagan o'yindagi bahsli holat Yangiliklar

Angliyalik Teylor Millatlar Ligasi g'olibligini Franciyaga olib berdimi? Ispanlar francuzlardan yaxshi o'ynagan o'yindagi bahsli holat

Kecha Ispaniya va Franciya terma jamoasi o'rtasidagi Millatlar Ligasi final o'yini bo'lib o'tdi.

Unda ispanlarning shakllanayotgan yangi tarkibi va francuzlarning katta nomlari to'qnash keldi. O'yinni ko'pchilik ko'rdi, boshqa vaziyatlarni gapirish ortiqcha. Biz angliyalik hakam Entoni Teylor bosh sovrinni francuzlarga olib bergan vaziyat haqida gaplashamiz.

80-daqiqada hujumchi Kilian Mbappe gol urdi va francuz jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Yakunda ushbu gol Franciyaga g'alabani taqdim etdi.

Pas berilayotgan vaziyatda Kilian o'yindan tashqari holatda edi. Erik Garsiya to'pga biroz bo'lsada tekkan bo'lishi mumkin, ammo u ofsaydda turgan Mbappega etib bormasligi uchun qildi. Ingliz esa ushbu faktorni sabab qilib golni bekor qilmadi. Ushbu vaziyat dunyo jamoatchiligida tanqidlarga sabab bo'lmoqda. Sababi Kilian tomon to'p uzatilayotganida u ofsaydda edi.



Ammo, bir qoida mavjud. Erik Garsiya to'pga tegdi va bunda Kilian Mbappe unga tasir o'tkazmadi. Agar ofsaydda turgan o'yinchi sherigi unga pas uzatgandan so'ng raqib futbolchisi to'pga o'z xohishi bilan tegsa va u to'pni qabul qilib olsa, ofsayd hisoblanmaydi. Hakam shu qarorga asoslandi. Ammo, bizning vaziyatimizda, Erik to'pning yo'nalishiga deyarli tasir qilmadi va Kilian ofsaydda turgan bo'lishi mumkinligini o'sha paytning o'zida aniqlashi kerakmi?! Ko'plab futbolchilar ushbu qoida futbol o'ynamaganlar tomonidan tuzilgani va uni bekor qilish kerakligini talab qilishmoqda.


VIDEO  Millatlar ligasi. Final. Ispaniya — Franciya 1:2 


Alfonso Peres Burrul (ispaniyalik hakam): "Francuz ochiqchasiga o'yindan tashqari holatda edi, chiziq chizilmagani esa aqlbovar qilmas holat.

Serxio Buskets (Ispaniya terma jamoasi xavbeki): "Hakam bizga Erik Garsiya to'pga o'ynashni xohlaganini aytdi va ofsaydni bekor qildi. U to'pga o'ynashni xohlagani rost, sababi to'p ofsaydda turgan Mbappega o'tib ketayotgan edi! Bu manosiz!"

Mikel Oyarsabal (Ispaniya terma jamoasi xavbeki): "Barcha futbol o'ynaydiganlar buning ofsayd ekanligini tushunadi"

Luis Enrike (Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi): "Menga yaqqol ofsayd bo'lib ko'rindi, ammo men nazorat qila olmaydigan ishlarni gapira olmayman. Menga o'yinchilar va muxlislarning xafa yuzlarini ko'rish og'ir".


Qayd etish kerakki, Teylor bir vaziyatda xatoga yo'l qo'yganini aytib ketish kerak. Jarima maydonchasi ichida Kunde to'pni qo'li bilan qaytardi, u esa francuz foydasiga qaror chiqardi.

"Qizil furiya" raqibidan yaxshiroq o'ynadi, yosh ispanlarni oldinda buyuk yo'l kutmoqda, bu esa oddiygina o'rtoqlik o'yinlari o'rnida tashkil etilgan Millatlar Ligasi. Hali katta turnirlar oldinda!


Bu borada sizning fikringiz qanaqa? Izohlarda yozib qoldiring.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика