So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Angliyalik "chap qanot qiroli" - Eshli Koul! Yangiliklar

Angliyalik "chap qanot qiroli" - Eshli Koul!

Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Angliyalik taniqli futbolchi Eshli Koul haqida malumotlarni taqdim etamiz.


Eshli Koul 1980 yilning 20 dekabrida Angliyaning London shahrida tug'ilgan. Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, "Los-Anjeles Gelaksi" jamoasining chap qanot himoyachisi. Terma jamoa safida 107 ta o'yin o'tkazgan.

"Arsenal"

O'smirlik davridan boshlab "Arsenal"da futbol o'ynashni boshlagan. Avvaliga, hujumchi sifatida maydonda harakat qilgan. Asosiy tarkibdagi debyutini 1999 yilning 30 noyabrida "Midlsbro"ga qarshi o'yinda nishonlagan. Ilk professional shartnomasini esa 2000 yilning 25 fevralida imzolagan. 2005 yilda esa Koulni klub rahbariyatini ogohlantirmasdan, boshqa klub bilan muzokara o'tkazganlikda ayblashadi. Premer-Liga komissiyasi o'shanda futbolchisi mehmonxonada Joze Mourino bilan uchrashgani uchun 100 ming funt jarimaga tortgandi. Appelyaciya qabul qilinmagan, ammo, jarima miqdori 75 ming funtgcha tushirilgan. O'shanda shuningdek, "CHelsi" va Joze Mourinolar ham mos ravishda 300 ming va 200 ming funt miqdorida jarimaga tortilgandilar.



"Kristal Pelas"

1999/2000 yilda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun "Kristal Pelas"ga ijaraga berilgandi. U erda 14 ta o'yinda 1 ta gol kiritib, jamoasiga APLda qolishiga katta yordam bergandi. 2000 yilnng kuzida "Arsenal" himoyachisi Silvino jarohat olganligi sababli, "kanonirlar" safiga qaytadi. O'zining ajoyib o'yinlari bilan braziliyalik futbolchisi asosiy tarkibdan siqib chiqarishga muvaffaq bo'lgan.


"CHelsi"

"Arsenal"dan ketish istagi borligiga qaramasdan, 2005 yilning 18 iyulida Koul klub bilan shartnomasini uzaytiradi. 2006 yilning 31 avgustida esa "CHelsi"ga ko'chib o'tadi. O'shanda "aristokratlar" Koul uchun Villiam Gallasga qo'shib, 5 million funt sterlingni qurtday sanab bergandilar.

2011 yili esa "CHelsi" mashg'ulot o'tkazish bazasida Koul bilan bog'lik mojaro yuz beradi. O'shanda u klubda amaliyot o'tayotgan yosh mutaxassislardan biriga o'q uzib yuboradi. O'shanda u Kobxemga 22 kalibrli miltiq ko'tarib borgandi. Miltiqni o'qlanmagan deb o'ylagan futbolchi hazillashib 21 yoshli Tom Kauenga o'q uzib yuboradi. Yaxshiyamki, uning jarohati jiddiy bo'lmagandi.


"Roma"

2014 yilning yozida erkin agent sifatida "CHelsi"dan "Roma"ga ko'chib o'tadi va rimliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Biroq, 2014/15 yilgi mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushadi. Kelasi mavsumda esa bosh murabbiy Rudi Garsiya futbolchiga ishonch bildirmaydi. Bosh murabbiy uzoq vaqt davomida Koulni maydonga tushirmadi va 2016 yilning 19 yanvarida u "bo'rilar" safini tark etadi.


"Los-Anjeles Gelaksi"

2016 yilning 27 yanvarida erkin agent sifatida "Los-Anjeles Gelaksi" bilan shartnoma imzolaydi. Bugungi kungacha u MLS klubi safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 marotaba raqib darvozabonlarini xafa qilishga ulgurdi.


Angliya terma jamoasi safida 107 ta o'yinda maydonga tushgan.



Erishgan sovrinlari

"Arsenal"

APL chempioni (2): 2001/02, 2003/04

Angliya Angliya kubogi sohibi (3): 2002, 2003, 2005

Angliya Superkubogi sohibi: 2002, 2004


"CHelsi"

APL chempioni (1): 2009/10

Angliya kubogi sohibi (4): 2007, 2009, 2010, 2012

Futbol ligasi sohibi (1): 2007

Angliya Superkubogi sohibi (1): 2009

CHempionlar ligasi g'olibi (1): 2012

Evropa ligasi g'olibi (1): 2013


SHaxsiy yutuqlari:

Angliyada "yil jamoasi" futbolchisi(4): 2002, 2004, 2005, 2011

UEFA talqini bo'yicha yil jamoasi futbolchisi: (2): 2004, 2010

Futbol associaciyasi talqini bo'yicha yil futbolchisi: 2010

"CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi (2): 2009, 2011   

"CHelsi"da yil goli: 2010


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика