Angliyada eng yosh bosh murabbiy tayinlandi, u 28 yoshda
19 jan 2023 18:27
Yangiliklar


Angliyada eng yosh bosh murabbiy tayinlandi, u 28 yoshda
Qizig'i, u Buyuk Britaniya futbolidagi eng yosh murabbiy sifatida tarixga kiradigan bo'ldi. Mitch Brandl sobiq "Tottenxem" murabbiyi Rayan Meyson tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladi. O'shanda Meyson "shporlar"ni 2020/21 yilgi mavsumning yakuniy 7 o'yinida murabbiylik qilgan edi.
Mitch vaqtinchalik boshqaruvda bo'lganidan so'ng "Duvr Atletik" bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Brandl yozda faoliyati davomida ikkinchi marta "Duvr"ga futbolchi sifatida qaytgan edi. U o'zi 2017 va 2019 yillar oralig'ida o'ynagan jamoasida bosh murabbiy lavozimini egalladi. Klub saytiga bergan intervyusida u quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Menga bunday imkoniyat berilganidan boshim osmonga etdi. Men ushbu klubni yaxshi ko'raman va u uchun har doim maydonda, undan tashqarida ham borimni berganman. Futbol klubi men uchun juda muhim, bu erda o'z izimni qoldirishni intiqlik bilan kutyapman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar