So’nggi yangiliklar

09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  1 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  1 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  2 02:29Ла Лига. "Реал Мадрид" мавсумнинг илк турида очко йўқотди  30 01:35А Серия. "Рома" меҳмонда "Кальяри" билан дуранг ўйнади, Шомуродов эса...  16 01:08ПРО-лига. 17-тур расмийлари эълон қилинди  1 00:49Максим Шацких: "Бугун биринчи даврадаги қарзимизни қайтардик"  6 00:05Александр Крестинин: "Иккинчи бўлимда жонландик. Ҳали очколар тўплашимизга ишонаман"  1 23:50АПЛ. "Челси" - "Манчестер Сити" 0:2, Ковачич собиқ жамоасини чиройли голи билан жазолади  2 23:35Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:3, Голларга бой бўлган ўйинда "Сурхон" сафарда ғалабни қўлга киритди  1 23:09Февзи Давлетов: "Ғалабага бўлган ишонч бизга натижа келтирди"  5

Angliya terma jamoasi va alamli mag'lubiyatlar Yangiliklar

Angliya terma jamoasi va alamli mag'lubiyatlar

Teglar :  EVRO-2016Angliya
Angliya terma jamoasi Evro - 2016 turnirini 1/8 finaldayoq Islandiya termasiga mag'lub bo'lgan holda tark etdi.

Mittigina mamlakat terma jamoasi oldidagi mag'lubiyat muxlislarni junbushga keltirdi. Oqibatda esa, Roy Xojson ishsiz qoldi. Albatta, bu kabi kutilmagan mag'lubiyatlar 144 yillik tarixga ega terma jamoada etarlicha topiladi. Biz esa, ana shunday mag'lubiyatlarning eng saralarini eslab o'tamiz.

10. SHimoliy Irlandiya - Angliya (07.09.2005. JCH-2006 saralash bosqichi)


Albatta, o'n yil oldin SHimoliy Irlandiya terma jamoasi bugungi kundagi kabi Evropa chempionatida o'ynaydigan darajada kuchli bo'lmagan va FIFA reytingida 116-o'rinda edi. Manchesterda o'tgan bahsda inglizlar mehmonlarga zarracha imkoniyat qoldirmagan-4:0. Biroq Belfastda kechgan javob uchrashuvida Sven Yoran-Erikson boshchiligidagi uch sherlar taktik sxemaga moslasholmagan. Oqibatda esa, ikkinchi bo'limda Xili tomonidan kiritilgan gol irlandiyaliklarga g'alaba keltirgan. Etiborlisi, bu SHimoliy Irlandiyaning 1972 yildan buyon inglizlar ustidan tantana qilingan ilk g'alabasi edi.

9. Angliya - SHotlandiya (17. 11. 1999. Evro-2000 saralash bosqichi)

Bu bahs eski ko'rinishdagi Uemblida o'tgan so'nggi uchrashuv edi. Kevin Kigan boshliq inglizlar Glazgodagi o'yinda Poul Skoulzning ikki goli evaziga g'alaba qozonib qaytishgan edi. Londondagi bahsda angliyaliklar chap oyoqda o'ynab ham yutishadi, degan fikrlar paydo bo'lgan edi. Axir shotlandlar 1985 yildan beri qo'shnilari ustidan g'alaba qozonmagandilar-da. Lekin amalda unday bo'lib chiqmadi. Xatchinsonning 39-daqiqadagi goli shotlandlarning g'alabasini taminladi. Bu hozircha ularning inglizlar ustidan qilgan so'nggi g'alabasi bo'lib turibdi.


8. Angliya - Germaniya (07.10.2000. JCH-2002 saralash bosqichi)

Inglizlar ham, nemislar ham Evro-2000 da hech nimaga erishmaganlaridan so'ng, katta umidlar bilan jahon kubogi saralashini boshladilar. Londondagi bahsda esa nemis mashinasi g'alaba qozondi va oqibatda, bosh murabbiy Kevin Kiganga chiqish eshiklari ko'rsatildi.

7. Norvegiya - Angliya (09.09.1981. JCH-1982 saralash bosqichi)

Inglizlar va norvegiyaliklar 1981 yilga qadar besh marta maydonda o'zaro to'qnashgan va barchasida futbol vatani bo'lmish Angliya g'alaba nashidasini surgan edi. SHunga qaramay, Oslodagi o'yinda uch sherlar hisobni ochgan bo'lsalar-da, mezbonlar birinchi bo'limning o'zidayoq hisobni tenglashtirish bilan birga g'alaba to'pini ham kiritishga ulgurishgan edi.

6. Angliya - Vengriya (05.11.1953. O'rtoqlik uchrashuvi)

Bu inglizlarning Uemblidagi ilk mag'lubiyati. Tumanli o'lka futbolchilariga Ferenc Pushkash etakchiligidagi vengerlar saboq berishgan edi - 6:3. Bu hisobdan hayron qolmasa ham bo'ladi. Oradan bir yil o'tib Budapeshtda inglizlar to'la mavh etiladi - 7:1. Bu Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yirik mag'lubiyat hisoblanadi.

5. Norvegiya - Angliya (02.061993. JCH-1994 saralashi)

Grem Teylor boshqaruvidagi Angliya ilk bor jahon kubogi saralash bosqichidan o'tolmadi va jamoa ingliz futboli tarixidagi eng kuchsiz sifatida qayd etildi. Bu o'yindan to'rt oy o'tib Teylor istefoga chiqarildi.

4. Angliya - Xorvatiya (01.17.2007. Evro-2008 saralash bosqichi)

Stiv Maklaren boshliq Angliya termasi Makedoniya va Rossiyaga qarshi bahslardagi qoniqarsiz natijalardan so'ng o'z maydonlarida Xorvatiyani yutishlari talab etilardi. Biroq 15 daqiqa ichida xorvatlar inglizlar darvozasini ikki bor aniq nishonga oladi. Bunga Lempard va Krauch bittadan gol bilan javob berishadi. O'yin so'nggida esa Mladen Petrich yakuniy nuqtani qo'yadi, 2:3 va Angliya Evro-2008dan chetda qoladi.

3. Angliya - Polsha (17.10.1973. JCH-1974 saralash bosqichi)

Oktyabr oyida bo'lib o'tgan uchrashuvdagi faqat g'alabagina Angliyani jahon chempionatiga olib chiqar edi. Brayan Klaff murabbiyligidagi uch sherlar buning uchun qo'llaridan kelgan barcha imkoniyatni ishga solishadi. Raqib darvozasi tomon 36ta zarba, 26ta burchak zarbasi, ikki bor to'p ustunga tegadi, to'rt marotaba himoyachilar bo'sh darvozaga ketayotgan to'pni chiziq ustida qaytaradi. Biroq inglizlar nimaiki qilishmasin, Yan Tomashevski darvozasini ishg'ol eta olishmaydi. Natijada uchrashuv 1:1 hisobida poyoniga etadi va Polsha uchinchi o'rin bilan jahon chempionatiga yo'l oladi.



2. Angliya - Islandiya (27.06.2016. Evro-2016)

To'g'ri, Islandiya birinchilar qatorida pley-offga yo'l oldi. Lekin Islandiyaning aholisi aytaylik, Lester shahrining aholisi bilan teng. Qolaversa, inglizlarda yiliga bir necha o'n million maosh oladigan futbolchilar etarlicha topiladi. Xullas, Runining tezkor goli ham Angliyaga yordam berolmadi va inglizlar bir hafta ichida ham Evro-2016dan, ham (Buyuk Britaniya)dan chiqib ketishdi.

1. Angliya - AQSH (JCH-1950)


50-yillardagi AQSH termasi - bugungi Farer orollari singari edi. Tarkibda birorta professional futbolchi yo'q, asosan, policiyachi va o't o'chiruvchilardan iborat bo'lgandi. Inglizlar ilk turda CHilini ishonch­li hisobda mavh etgach, murabbiylar asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qiladi. Natijada Bert Gatens tomonidan kiritilgan gol okean orti vakillariga g'alabani tortiq etadi. Bu mag'lubiyatdan butun boshli Britaniya shok holatiga tushadi. Ushbu bahsdan keyingi 4ta qarama-qarshilikda 6:3, 8:1, 10:0 hamda 5:0 hisobida inglizlar g'alabaga erishgani ham etiborga molik.

SH. Xolboev tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика