Angliya terma jamoasi deyarli bir asrlik antirekordni takrorladi
15 iyu 2022 08:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/705614_original.jpg)
![](/upload/storage/705614_220.jpg)
Angliya terma jamoasi deyarli bir asrlik antirekordni takrorladi
Angliya terma jamoasi o'z maydonida Britaniya tarkibida bo'lmagan mamlakat terma jamoasidan eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi.
Garet Sautgeyt jamoasi Millatlar ligasi musobaqasining 4-turida o'z maydonida Vengriyaga 0:4 hisobida yutqazdi.
Bu Angliya uchun 1928 yildan buyon o'z maydonida uchralgan eng yirik mag'lubiyat bo'ldi. O'shanda inglizlar SHotlandiyaga 1:5 hisobida yutqazishgandi. Britaniya tarkibida bo'lmagan terma jamoalarga xech qachon bunday yirik hisobda mag'lub bo'lishmagandi.
Millatlar ligasining ushbu mavsumida Angliya hali g'alaba qozona olgani yo'q. Ortda qolgan 4 tur yakuniga ko'ra, inglizlar 2 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati - 1:6.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar