Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi
01 dek 2021 08:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/671137_original.jpg)
![](/upload/storage/671137_220.jpg)
Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik hisob qayd etildi
Ayollar o'rtasidagi JCH-2023 saralashida Angliya termasi Latviya darvozasiga javobsiz 20 ta (!) to'p kiritdi.
Bu Angliya terma jamoalari tarixidagi eng yirik g'alaba hisoblanadi. Mazkur bahsda inglizlar safidagi uch futbolchi xet-trikka erishgan bo'lsa, yana bir poker qayd etdi.
SHuningdek, ushbu hisob (20:0) ayollar o'rtasidagi mundial saralashidagi eng yirik natijadir. Avvalgi rekordni o'tgan hafta Belgiya TJ Armanistonga (19:0) qarshi o'yinda o'rnatgandi.
Angliya ayollar jamoasi “Q” guruhida 6-turdan keyin 18 ochko bilan 1-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar