So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Angliya qirolichasi ham futbolga befarq emas. Uning sevimli jamoasi ... Yangiliklar

Angliya qirolichasi ham futbolga befarq emas. Uning sevimli jamoasi ...

Teglar :  Angliya
Qirolicha aslida qaysi klubga muxlislik qilishi 40 yildan buyon sir bo'lib kelmoqda.

Futbol uchrashuviga borish yangi qirolichaga katta yordam bergan

1952 yil 6 fevral kuni qirol Georg VI kasallik tufayli vafot etdi. Oradan bor yo'g'i ikki kun o'tib uning hali juda yosh bo'lgan qizi (25 yoshda edi − solishtirish uchun: Georg VI 40 yoshida qirol bo'lgan) taxtga o'tiradi va Elizavetta II nomini oladi.

Qirolicha oddiy xalqqa uncha yoqmasdi: u omma ko'ziga kam ko'rinardi (vaholanki, avvallari otasining o'rniga qator tadbirlarda ishtirok etgan), tashqaridan qaraganda, qo'rs insonga o'xshardi O'zining so'zlariga qaraganda, odamlardan ko'ra otlarni ko'proq yaxshi ko'rardi. Buyuk Britaniyaning Ikkinchi jahon urushidagi harakatlari yo'lboshchisi, barcha ishlarda faol otasi bilan solishtirganda Elizavetta barcha jabhada orqaroqda qolardi. Bunday imidjni o'zgartirish zarur edi. 

Bu borada unga toj kiydirish marosimi katta yordam berdi. Uni 1953 yil 2 iyun kuniga belgilashdi − Elizavetta amalda taxtga o'tirganidan deyarli bir yarim yil o'tib. Bu eski annalar tufayli, avvalgi qirol xotirasi hurmati malum vaqt o'tishi zarur edi. Bu vaqt oralig'ida qirolicha va uning atrofidagilar astoydil mehnat qilishdi. Asosiysi vazifa o'zgarmagan: Elizavetani odamlarga yaqinroq qilish.

1952 YIL QIROLICHA ELIZAVETA

Qulay fursat va qulay joy ham topildi — Angliya Kubogi finali. O'sha uchrashuv toj kiydirish marosimidan roppa-rosa bir oy oldin bo'lib o'tgandi. "Uembli"da "Blekpul" va "Bolton Uonderers" to'qnash kelgan – 100 ming tomoshabin ichida turmush o'rtog'i Filipp bilan qirolicha ham bor edi. Finalni nafaqat stadion tribunalarini to'ldirib o'tirgan muxlislar, balki televizor orqali ham tomosha qilishardi: "BBC"dagilar "toj kiydirish"dan oldin britaniyaliklar yoppasiga televizor sotib olayotgani yoki ijara olayotganini sezishadi. SHuning uchun futbol uchrashuvi ham televizor orqali namoyish qilinadi. 

"Blekpul" 4:3 hisobida zafar quchdi. Kubok va sovrinlarni g'olib jamoaga Elizavetaning o'zi topshirdi. Guvohlar qirolicha juda muloyim va hushchaqchaq bo'lganini, futbolchilar bilan suhbatga kirishib, tabassumini yashirmaganini etirof etishdi. Noodatiy usul –  Angliya bundan 16 yil avval shunday voqeaga guvoh bo'lgan. 1937 yil 1 may kuni Georg VI ayoli Elizaveta (keyingi qirolichaning onasi) bilan Angliya Kubogi finali — "Uembli"ga tashrif buyurgan, sovrinlarni topshirgan va tabassum bilan "kameralar"ga ishlagandi. Uchrashuv "toj kiydirish marosimi"dan ikki hafta avval bo'lib o'tgan edi. 

Qirolicha Elizaveta II ning futbolga keyingi tashrifi oradan 13 yil o'tib amalga oshdi. 1966 yil Angliya Jahon CHempionatini qabul qildi. Bu musobaqa mamlakat uchun yuz yillikning eng muhim voqeasi va eng omadli turnir bo'lib tarixda qoldi. Qirolicha bunday voqeadan chetda qolishi mumkin emasdi. U ikkita o'yinga tashrif buyurdi: musobaqa ochilish uchrashuvi - mezbonlarning Urugvayga qarshi bellashuvi va final Angliya − GFR. Scenariy o'zgarmagan: qirollik oilasi vakillari tribunada mamnun holatda, tabassum, taqdirlash marosimidagi ishtirok.

Keyingi 40 yil odatiy rejimda o'tdi va futbolga borish uchun katta voqealar bo'lgani yo'q. Elizavetani futbolga aloqador yangiliklarda faqatgina u yoki bu mashhur futbolchi, murabbiy ricarlik unvonini qo'lga kiritganda eslab o'tildi. SHunday bo'lsa-da, qirolicha futbol olamida iliq so'zlar bilan tilga olinadigan bo'ldi.

QIROLICHA ELIZAVETA ANGLIYA TERMASINI JCH-1966DAGI G'ALABA BILAN TABRIKLAMOQDA 

Aytishlaricha, Elizaveta II yashirincha ...ga muxlislik qilgan. Buni faqat Sesk Fabregas biladi (yo bu yolg'onmi?)

Oradan o'tgan yillar davomida jurnalistlar bu mamlakatning qirolichasi ham futbolni jondan sevishi kerak deb hisoblashardi va u qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqida qator tahminlar bildirishardi. Lekin saroydagi manbaalarning gapiga ishonsak: ha, u bir klubga muxlislik qiladi, lekin buni ochiq ayta olmaydi. Sababi, uning tanlovi qanday bo'lmasin, malum guruh vakillari buni salbiy qabul qilishlari turgan gap edi. 

SHu sababli, Elizaveta sukut saqlashni va mish-mishlarga etibor bermaslikka harakat qilardi. "The Sun" qirolicha yashirincha Londonning "Milluol" klubi uchrashuvlariga tashrif buyurishini yozgan. Aynan o'sha erda afsonaviy Teddi SHeringemning faoliyati boshlangandi. Nashrning takidlashicha, qirollik avtomobili orqa oynasida "Hech kim bizni yoqtirmaydi, ammo bizga baribir" deb yozilgan – bu "Milluol" muxlislarining bosh shiori edi.

"Daily Mirror" bu xabarni inkor etib, hamkasblari barchasini chalkashtirib yuborganliklari, "Milluol"ga aslida saroydagi o'sha ishchi muxlislik qilishi, qirolicha esa − ularning azaliy va asosiy raqibi "Vest Xem"ga muxlis ekanligini malum qiladi.

"Mirror"ning "aytishicha" Elizaveta "Vest Xem"ning buyuk murabbiy Ron Grinvudga tan bergan. Mutaxassis klub bilan Angliya Kubogi va Kubok egalari Kubogini qo'lga kiritgan. Qirolicha bir necha bor Ron bilan uchrashgan, suhbatlashgan va uning aqliy salohiyatiga qoyil qolgan emish.

1964  YIL RON GRINVUD QO'L OSTIDAGI "VEST XEM" ANGLIYA KUBOGIDA ZAFAR QUCHGAN

"Arsenal" nihoyat yangi stadionini qurib bitirdi − ochilish marosimini atayin 2006 yil oktyabr oyiga, klubning 120 yilligini nishonlash uchun to'g'rilashdi. Katta voqeaga Elizavetani ham taklif qilishdi, ammo sog'lig'i tufayli qirolicha kela olmadi va "Emireyts"ni uning turmush o'rtog'i Filipp ochib berdi. Oradan bir necha oy o'tgach, "Arsenal" Bukingem saroyiga taklif qilindi.

"Qirolicha sog'lig'idagi muammolar tufayli "Arsenal"ning yangi stadioni ochilishiga bora olmaganidan afsusda edi", – degandi Elizavetaga yaqin insonlardan biri. – SHu sababli, zoti oliyalari loyihada ishtirok etgan klub vakillari bilan ko'rishish, yangilar bilan tanishish maqsadida katta bazm uyushtiradi".

SHubhasiz, tarixiy voqea: ilk bor qirolicha qabulida futbol jamoasi vakillari. Arsen Venger, Terri Anri va butun jamoa qirolicha bilan 40 daqiqa davomida (deyarli bir taym) suhbatlashish baxtiga muyassar bo'lishdi. 

TERRI ANRI VA ARSEN VENGER "ARSENAL" TARKIBIDA

Qirolichaning harakatlari ayniqsa 19 yoshli Sesk Fabregasda katta taassurot qoldirdi: "U men kimligimni aniq bilardi, – deb boshladi futbolchi ispan radiosiga. – Biz ozgina suhbatlashdik, Ispaniya qiroli haqida gaplashdik. Keyin u anchadan buyon "Arsenal"ga muxlis ekani, bizni qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Bu so'zlar Angliyada yangi informacion bombaga aylandi. OAV yana saroydagilar bilan aloqaga chiqishga, surishtiruv o'tkazishga, aniqlik kiritishga harakat qildi. "The Sun" bergan malumotga qaraganda zoti oliyalari "Arsenal"ga muxlis bo'lganiga 50 yildan oshgan. Bu muhabbat Elizavetada "Arsenal" vingeri Denis Kompton o'yinlaridan hayratlangan onasi tufayli paydo bo'lgan. Denis "Arsenal" tarkibida bor yo'g'i 54 o'yinda maydonga tushgan (urush va sog'lig'i to'sqinlik qilgan). SHunga qaramay, 1948 yil chempionlik va 1950 yil mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan.

Sevimli klub haqidagi savollarning barchasiga qirolichaning o'rniga Bukingem saroyi ishchisi javob bergan: "Taxtdalik vaqtida Elizavetta bir necha finallar va muhim uchrashuvlarga tashrif buyurgan. U Angliya terma jamoasiga muxlislik qilishi aniq. SHuni bilishimizning o'zi kifoya". SHu tariqa, aslida Elizavetta II qaysi jamoaga muxlislik qilishi haligacha aniqlanmagan va faqat tahminlar mavjud.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика