So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  2 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  1 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  7 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  18 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  5 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  2 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Angliya Premer ligasi hamkorlik uchun "UzReport TV" telekanaliga sertifikat topshirdi Yangiliklar

Angliya Premer ligasi hamkorlik uchun "UzReport TV" telekanaliga sertifikat topshirdi

Teglar :  UzReportAPL
Xabaringiz bor, UzReport TV telekanali o'tgan yili Angliya Premer ligasi bahslarini O'zbekiston bo'ylab translyaciya qilishning eksklyuziv huquqini qo'lga kiritgandi.

O'tgan mavsumning ko'plab uchrashuvlari telekanal orqali muxlislarga to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilib borildi. O'zbekistonlik futbol muxlislari ushbu translyaciyalar orqali Angliya Premer ligasining shiddatidan bahra olish imkoniga ega bo'lishdi. Mavsum ham juda ajoyib o'tganini alohida takidlab o'tish kerak. Hech kim uchun kutilmaganda “Lester” klubi katta mahorat ko'rsatib, chempion bo'lishga erishdi. O'zbekistondagi futbol muxlislari mazkur tarixiy lahzalarni “UzReport TV” telekanali orqali “jonli” efirda, o'zbek va rus tillaridagi sharhlarda kuzatib borishdi.

Angliya Premer ligasi rahbariyati ana shu holatni inobatga olgan holda, UzReport TV telekanaliga mavsum davomidagi hamkorligi va muxlislar orasida futbol targ'ibotiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik izhori sifatida maxsus sertifikat topshirdi.



Ushbu sertifikat UzReport TV telekanali bosh direktori Ravshan Djuraevga Evro-2016 finali oldidan Parij shahrida taqdim qilindi.

Eslatib o'tamiz yangi 2016/17 yilgi mavsumda UzReport TV telekanali Angliya Premer ligasi bahslari translyaciyasini davom ettiradi.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика