Angliya premer-ligasi. 30-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi
15 mar 2014 15:00
Yangiliklar

Angliya premer-ligasi. 30-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi
Qizg'inligi bir bahya bo'lsa-da pasaymaydigan Angliya premer-ligasi eng shiddatli pallaga kirdi.
Bugun 30-tur o'yinlari doirasida sakkizta bahs bo'lib o'tadi. Quyida ushbu o'yinlar anonsi bilan tanishasiz.
XALL - MANCHESTER SITI 17:45
“Manchester Siti” o'zining chempionat doirasida “Xall Siti” maydoniga qilgan so'nggi etti tashrifining birortasida g'alaba bilan qaytmagan. Premer-liga doirasidagi "Key-Si Stedium"da bo'lib o'tgan so'nggi etti uchrashuvning faqat bittasini “yo'lbarslar” g'alaba bilan yakunlay olishdi. Mavsumdagi g'alabalaring teng yarmini ayni vaqtda turnir jadvalining eng quyi o'rinlarida joylashgan jamoalarga qarshi o'yinlarda qo'lga kiritgan.
“SHaharliklar” barcha turnirlardagi so'nggi sakkiz uchrashuvning to'rttasida mag'lubiyatga uchradi.
Yanvar oyidan buyon maydonga tushmayotgan “Hall” himoyachisi Jeyms CHester ushbu o'yinda ishtirok etishga tayyor. “Sanderlend”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmagan Nikica Elavich va SHeyn Long ham safga qaytishga shay.
“Manchester Siti” tarkibidagi eng katta yo'qotish – Serxio Aguerodir. CHempionlar Ligasi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o'yinda u sonining orqa qismidan jarohat olgan.
Matiya Nastatich, Mika Richards va Stevan Yovetich davolanishni davom ettirishmoqda.
SAUTGEMPTON – NORVICH 20:00
“Sautgempton” maydoniga uyushtirilgan so'nggi 10ta safarning faqat bittasida “Novich” g'alaba qozongan. Bu voqea 20 yil oldin bo'lib o'tgandi. “Avliyolar” o'z maydonidagi o'yinlarda unchalik ham omadi yurishmayapti. Ular mezbonlik qilgan so'nggi sakkiz uchrashuvning faqat bittasini yuta olgan xolos. Hozirgacha to'plagan 42 ochkoning 32tasini “Sautgempton” turnir jadvalining pactki qismidagi jamoalarga qarshi o'yinlarda qo'lga kiritgan.
“Norvich” 2014 yilda o'z maydonida umuman mag'lub bo'lmadi. Biroq shu bilan birganlikda mehmondagi barcha o'yinlarda engildi. So'nggi uch oy ichida “kanareykalar” premer-ligada faqatgina sakkizta gol ura olishdi.
Jarohati tufayli “Sautgempton”dan Jek Kork ishtirok etmaydi. SHuningdek, Viktor Vanyamaning ham ishtiroki so'roq ostida.
“Norvich” tarkibida mashg'ulotlarga Maykl Terner va Yonas Guterres qaytdi. Biroq ular hali o'yinlarda ishtirok etishga tayyor emas. SHuningdek Elliot Bennet va Leroy Fer ham jamoasiga yordam bera olmaydi.
SANDERLEND - KRISTAL PELAS 20:00
Jamolarning o'zaro so'nggi to'rt uchrashuvida "Kristal Pelas" biror marta ham mag'lub bo'lmadi. Uchtasida esa g'alaba qozondi. “Sanderlend” o'zining barcha turnirlar doirasidagi so'nggi to'rt o'yinining barchasida mag'lub bo'lib, bu o'yinlarda umumiy 12ta gol o'tkazib yubordi.
Ushbu mavsumda “qora mushuklar” o'z maydonida uchtagina g'alabaga erishganyu Ularning hammasida faqat bir gol farqi bilan raqibdan uchtun kelgan. “Pelas” esa ushbu mavsumda hammadan kam gol urgan – 19ta.
“Sanderlend” futbolchilaridan Ues Braun va Kreyg Gardner jarohatdan keyin tuzalib, safga qaytishdi. Kasal bo'lib qolgan Valentin Roberj va Djozi Altidor ham salomatligi yaxshilanib, o'yinda ishtirok etishga tayyor turishibdi.
“Kristal Pelas” hujumchisi Maruan SHamax sonidan olgan jarohat sabab uch haftacha jamoasiga yordam bera olmasligi malum bo'ldi. SHuningdek Danni Gebbidon va Barri Bannan ham o'yinda qatnasha olishmaydi.
STOUK - VEST XEM 20:00
“Vest Xem”ning “Stouk” maydoniga qilgan so'nggi sakkiz safaridan faqat birida mag'lub bo'lib qaytgan. Har ikki jamoa ushbu mavsumda bosh bilan hammadan kamroq gol urayotgani bilan ajralib turibdi. 29-turdan so'ng bosh bilan bu ikki jamoa ikkitadan gol ura olgan xoloc.
O'tgan turda “Everton”dan uchralgan mag'lubiyat “Vest Xem”ning to'rt o'yin davom etgan g'alabali seriyasiga yakun yasadi. Londonning ushbu jamoasi 13 o'yinni “quruq” o'tkazgan va darvozasidan to'p olib chiqmagan. Bu ko'rsatgich bo'yicha ligada ikkinchi o'rinda borayotganini ham takidlash kerak.
Stouk bu o'yinda CHarli Adam hamda Jonatan Uoltersni maydona tushira olmaydi. Ular diskvalifikaciya qilingan.
“Vest Xem”dagi yo'qotishlarga kelsak, Joy O'Brayen va Marko Borrello hamon jarohatini davolash bilan ovora. Endi Keroll esa bu o'yinda maydonga tushirilishi mumkin.
FULXEM - NYUKASL 20:00
"Kreyven Kottadj"da “Fulxem” “Nyukasl”ga anchadan buyon mag'lub bo'lgani yo'q. Ushbu maydondagi o'zaro so'nggi to'rt o'yinda londonliklar g'olib bo'lgan. Biroq Magat jamoasi Premer-liga doirasida to'qqiz o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti.
“Nyukasl” 2014 yilda birinchi marta ketma-ket ikki o'yinni yuta oldi. “Fulxem” mavsum davomida shu vaqtga qadar o'tkazilgan chempionatning 29 o'yinining 20tasida mag'lub bo'ldi. Bunisi jamoaning Premer-ligadagi tarixida birinchi marta ro'y berishi.
“Fulxem” qanot yarim himoyachisi Ashkan Dejaga o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Vilyam Kvist va Skott Parker esa safga qaytadi.
“Nyukasl” bosh murabbiyi Alan Pardyu esa etti o'yinga chetlatilgan. Mate Debyushi va Loik Lemi jarohatlangan. Fabrisio Kolochchini jarohatdan keyin tiklanib ulgurdi. Xatem Ben Arfa oilaviy sabablarga ko'ra bir necha kunga ruxsat olgan.
EVERTON - KARDIFF 20:00
"Gudison Park"dagi bu damoalarning o'zaro to'qqiz o'yinida “Everton” biror marta ham yutqazmagan. Barsa musobaqalardagi o'zning olti o'yinida Martines shogirdlari besh bora mag'lub bo'lgani ham etiborli. Bugungi maydon egalariniing premer-liga doirasidagi so'nggi uch o'yini 0:0 hisobi bilan yakunlangan.
“Kardiff” mehmonda mana 11 o'yindirki g'alaba nashidasini sura olmay kelmoqda.
"Everton” futbolchilari Fil Jagielka hamda Stiven Pienaarning ishtiroki borasida shubha bor.
“Kardiff” himoyachisi Ben Terraning sog'lig'i borasida muammolar bor.
SUONSI - VEST BROMVICH 20:00
“Suonsi” Premer-liga doirasidagi “Vest Bromvich”ga qarshi besh o'yinning barchasida g'alaba qozongan. CHempionat dorasidagi so'nggi 14 o'yinda “oqqushlar” faqat ikkita g'alabaga erishgan. Ushbu mavsumda uelsliklar o'z o'yinlarida tanaffusga faqat to'rt o'yinda g'olib chifatida chiqib ketigan. Bu “Kardiff”dan keyingi eng yomon ikkinchi ko'rsatgichdir.
“Vest Bromvich” ushbu mavsumda faqat bir martagina safarda g'alaba qozongan. U ham bo'lsa “Manchester Yunayted”ga qarshi “Old Trafford”dagi o'yinda.
“Suonsi” hujumchisi Michu uch oylik davolanish va tiklanishdan so'ng nihoyat maydonga qaytishga tayyor. SHuningdek, Mixel Vorm ham tarkibga qaytdi. Kayl Bartli va Jonjo SHelvi jamoaga yordam bera olmaydi.
ASTON VILLA - CHELSI 22:30
“Villa Park”da “CHelsi” ancha muvaffaqiyatli o'yinlar o'tkazadi. Ushbu stadionda bo'lib o'tgan jamoalarning o'zaro so'nggi besh o'yinidan faqat bittasida londonliklar mag'lub bo'lgan.
O'tgan turda “Aston Villa” “Norvich” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonib, ushbu mavsumdagi o'zining eng yirik g'alabasiga erishdi.
“Aristokratlar” premer-liga doirasida 14 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. CHempiontdagi so'nggi 13 o'yinning 9tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlay olgan.
“Aston Villa” tarkibida yo'qotishlar deyarli yo'q. Faqat ijara shartlariga qo'ra Rayan Bertran o'yinda ishtirok eta olmaydi.
“CHelsi” safida bugun Fernando Torres maydonga tushishga tayyor. David Luis va Eshli Koul hali safga qaytishga tayyor emas.
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar