So’nggi yangiliklar

23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  0 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  2 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  2 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0

Angliya. Mavsum oldidan: "CHelsi" Yangiliklar

Angliya. Mavsum oldidan: "CHelsi"

O'tgan mavsumni sovrinlarsiz yakunlagan Joze Mourino kelayotgan mavsum oldidan o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan.

Bugun "CHelsi"ning yangi mavsumga ko'rgan tayyorgarligi, klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar hamda jamoaning imkoniyatlari haqida gaplashamiz. 

Transferlar

Kelganlar:

Sesk Fabregas (Barselona, £30 mln),
Diego Kosta (Atletiko, £32 mln),
Filipe Luis (Atletiko, £16 mln),
Dide Drogba (Galatasaroy, erkin agent),
Tibo Kurtua (Atletiko, ijaradan qaytgan),
Kurt Zuma (Sent-Eten, ijaradan qaytgan),
Mario Palashich (Xayduk, £3 mln).


Ketganlar:

Eshli Koul (Roma, shartnoma tugagan),
Frenk Lempard (Nyu York Siti, shartnoma tugagan),
Patrik Van Aanxolt (Sanderlend, £1,5 mln),
Demba Ba (Beshiktosh, £4,7 mln),
David Luis (PSJ, £50 mln),
Romelu Lukaku (Everton, £28 mln),
Lukas Pyazon (Ayntraxt Frankfurt, ijara),
Tomash Kalash (Keln, ijara),
Oriol Romeu (SHtutgart, ijara),
Uolles (Vitess, ijara),
Torgan Azar (Borussiya M, ijara),
Kennet Omeruo (Midlsbro, ijara),
Rayan Bertrand (Sautgempton, ijara),
Gael Kakuta (Rayo Vaylekano, ijara),
Jon Svift (Rotterxem, ijara),
Mario Palashich (Elche, ijara),
Sem Xatchinson (SHeffild Uensdey, shartnomasi tugagan) ,
Billi Klifford (Uolsoll, shartnomasi tugagan).



Jamoaning mavsum oldidan o'z oldiga qo'ygan maqsadlari


Minimum: Yutish mumkin bo'lgan to'rtta sovrindan kamida bittasini yutish.

Maksimum: Angliya premer-ligasi va CHempionlar Ligasini yutish.

Boshqa har qanday natija Mourinoning “CHelsi”dagi kursisini qimrilashiga sabab bo'lishi mumkin.



Mavsum oldidan o'tkazilgan o'yinlar:

Uikom Uonderers – CHelsi 0:5 (Bemford, Braun-2, Terri, Ivanovich)

Uimbldon – CHelsi 2:3 (Terri-2, Salox)

Pellec – CHelsi 1:1 (Boga)

Olimpiya – CHelsi 1:2 (Kosta, Zuma)

Vitess – CHelsi 1:3 (Salox, Fabregas, Matich)

Verder – CHelsi 3:0

Fenerbaxche – CHelsi 0:2 (Kosta, Ivanovich)

Beshiktash – CHelsi 1:0

Ferencvarosh – CHelsi 1:2 (Ramires, Fabregas)


“CHelsi” bu yil mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun AQSH yoki Osiyoda bo'lmadi. Malumotlarga qaraganda, klub bosh murabbiyi Mourinoning o'zi ushbu qarorga kelgan. Portugaliyalik murabbiyning fikricha, JCHdan so'ng yana iqlimning almashishi futbolchilarga yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun halal berishi mumkin. 


Tahmin:
1-o'rin. Bukmekerlar va bir qancha mutahassilar londonliklarni CHempionlik uchun eng asosiy davogar sifatida ko'rsatishmoqda. Klub transfer bozorida ajoyib ish olib bordi. Kerakli chiziqlar uchun kerakli futbolchilarn o'z safiga qo'shib oldi. Mourino esa dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri hisoblanadi.


Liboslar:

Jamoa uy uchrashuvlarida o'zining ananaviy ko'k rangli formasida maydonga tushadi.

Safarda esa sariq rangli libosida harakat qiladi.

Zahira libosi esa qora rangdan tashkil topgan.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика