So’nggi yangiliklar

13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  0 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   6 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  1 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  9 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  12 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6

Angliya. "Manchester Siti" bor alamini "Liverpul"dan oldi Yangiliklar

Angliya. "Manchester Siti" bor alamini "Liverpul"dan oldi

Angliya Premer-ligasining 32-turi doirasidagi markaziy bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Manchester Siti – Liverpul 4:0

"Etixad Stedium"

Gollar: 1:0 – 25, penalti de Bryuyne, 2:0 – 35 Sterling, 3:0 - 45 Foden, 4:0 - 66 Sterling.

Manchester Siti – Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Laport (Otamendi, 79), Foden, Gyundogan, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jezus (Marez, 58).

Liverpul – Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-CHemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabino, Xenderson, Mane, Firmino (Origi, 62), Saloh.

Ogohlantirish: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57).

Manchester City

Kevin De Bruyne - 25', Raheem Sterling - 35', Phil Foden - 45', Alex Oxlade-Chamberlain - 66'

Premier League . 32-tur

03/07/2020, 00:15

0
:
4
Tugadi

Liverpool

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
25'  Kevin De Bruyne
35'  Raheem Sterling
35'  Phil Foden
41'  Benjamin Mendy
45'  Phil Foden
45'  Kevin De Bruyne
56'  Kyle Walker
58'  Gabriel Jesus (Riyad Mahrez)
66'  Alex Oxlade-Chamberlain
73'  Kyle Walker (Joao Cancelo)
79'  Aymeric Laporte (Nicolas Otamendi)
79'  Raheem Sterling (Bernardo Silva)
90'  Riyad Mahrez
24'  Joseph Gomez
46'  Joseph Gomez (Alex Oxlade-Chamberlain)
62'  Georginio Wijnaldum (Naby Keita)
62'  Roberto Firmino (Divock Origi)
76'  Trent Alexander-Arnold (Neco Williams)
85'  Sadio Mane (Takumi Minamino)
90'  Jordan Henderson

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etib, revansh oldi!

90+4. Maxrezning goli inobatga olinmadi.

Mayk Din qo'lidagi tablosi bilan 2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berilganini malum qildi.

88. Burchakdan uzatilgan to'pni Ederson mushtlari bilan urib yo'nalishini o'zgartirib yubordi. Uning ortida van Deyk turgandi.

82. UXXXXX!! Agarda De Bryuynening o'rnida boshqa, boshi bilan to'pni yaxshi o'ynay oladigan futbolchi bo'lganida Alissonning qo'pol xatosini gol bilan jazolagan bo'lardi. Biroq Kevin to'pni darvozabonning ustidan tashlab, darvozaga yo'llay olmadi.

81. Bu safar Maxrez noaniq zarba yo'lladi.

79. Narigi tomonda "Real" - "Xetafe" uchrashuvi matnli tarzda translyaciya qilinmoqda.

LIVE  La Liga. "Real" - "Xetafe" 0:0 (Matnli translyaciya)

77. Salohning zarbasini Ederson ushlab oldi.

75. "Liverpul" 2015 yilda "Stok Siti" (1:6)dan uchralgan mag'lubiyatdan beri ilk marta birinchi bo'limda 3ta gol o'tkazib yubordi.

72. "Cooling Break" uchun vaqt berildi. Gvardiola bu pallada Kanseluni maydonga tushirishga tayyorlanmoqda.

66. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Nima degandim?! Bo'ron boshlandi! 4:0! De Bryuynening super pasidan keyin Rahim Sterling dublini rasmiylashtirdi!!!

64. Bo'rondan oldingi sokinlik.

62. ZARBAAAAAAAAAA!! De Bryuynening zarbasi noaniq ketdi.

61. UXXXXX!!! "Liverpul" ham yaxshi hujum tashkil qildi. Firminoning zarbasini himoyachilar qaytardi. Aks holda zarbaga darvozabon reakciya ko'rsata olmasdi.

58. CHapaqaylarning nuqtasidan Aleksandr-Arnold noaniq zarba yo'lladi. Trent to'pni Salohga tashlab ketgani yaxshiroq bo'lardi.

56. "Liverpul"da ajoyib imkoniyat! Kayl Uoker jarima maydonchasi chizig'i ustida Maneni yiqitdi! Bu penalti emas!

55. Fodenning zarbasini Alisson qaytardi. Balki bu uning o'yindagi ilk seyvidir.

54. IE! Mane o'zingmisan?! Sadio 100 foizlik vaziyatda turgandi. U to'pni to'xtata olmadi ham....

51. UXXXXXXX!!! Kevin de Bryuneyning qanotdan oshirgan to'piga Foden zarba yo'lladi. Uning zarbasi Alissondan o'tib ketdi. Darvoza chizig'idan to'pni van Deyk qaytardi. 

50. "Siti" bor alamini olishga harakat qilmoqda. Rahim Sterlingning bu galgi zarbasi rikoshet orqali burchakka chiqib ketdi.

49. Jesus hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirib qo'yishi mumkin edi. Lekin uning zarbasini Alisson ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Klopp tavakkalga qo'l urdi. U Jo Gomesni maydondan oldi va uning o'rniga Oksleyd-CHemberleynni tushurdi.

"Siti" 3ta gol bilan "Liverpul"ni chempionlik bilan tabriklayotgandek...

Birinchi bo'lim yakunlandi! Umuman olganda kutilmagan hisob bilan jamoalar kiyim almashtirish xonasiga yo'l olishmoqda.

45+2. "Liverpul" birinchi bo'lim yakunida hisobni qisqartirishi mumkin edi. Salohning xavolatib uzatgan pasiga hech kim zarba bera olmadi.

Birinchi bo'limga daqiqa qo'shib berildi.

45. GOOOOOOOOOOOOLLL!!! De Bryuyne bilan devor uslubidagi kombinaciyadan keyin Foden raqiblari darvozasini ishg'ol qildi!! Birinchi taymning o'zida bayram qilayotgan jamoa nokautga uchramoqda!

43. "Liverpul" raqiblarning goliga javob qaytarishga shoshilmayapti. Bunday o'ynagandan ko'ra o'yinga kelmagan ham yaxshiroq(

41. Mendi vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirildi.

37. CHempionlikdan keyin "Liverpul" futbolchilari umuman jon berib o'ynashmayapti. O'yinda hisob yanada yirikroq ko'rinishga kelsa, hafa bo'lmang.

35. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Siti" o'z uslubida gol urmoqda! Fodenning chiroyli pasidan keyin Rahim Sterling raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda!

33. Edersondan super harakatlar!! Braziliyalik posbon jarima maydonchasini tark etib, Salohning to'pini olib qo'ydi va to'pni autga chiqarib yubordi. 

32. Bugun Gyundogan juda ko'p xato qilmoqda. Uning to'p oldirishidan keyin Fabino to'pni Salohga oshirdi. Agarda to'pni Rodri tepib yubormaganida hisob tenglashishi mumkin edi.

31. Endryu Robertsonning qanotdan uzatgan to'pini Ederson ushlab oldi.

28. Kevin de Bryuynening chiroyli pasidan keyin Jesus Jo Gomesni bir-ikki marta aldab, darvoza tomon zarba berdi. To'p uning oyog'iga tushmadi.

25. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Kevin de Bryuyne penaltidan unumli foydalandi!

24. PENALTIIIIIII!!! Rahim Sterling "Liverpul" jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Jo Gomes raqibini yiqitdi. Gap-so'zsiz penalti!

22. KDB "Liverpul" jarima maydonchasi ichida VVD tomonidan yiqitilgandi. Bosh hakam penalti belgilamadi.

19. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Salohning zarbasini Ederson qo'riqlayotgan darvozaning chap ustuni qaytardi!!! Salohning o'zi vaziyat yaratib, buni yakunladi.

18. Yana ajoyib vaziyat va yana offsayd! De Bryuynening chiroyli pasidan keyin Jesus yana bir bora Alisson bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Bu safar uning zarbasini Alisson qaytardi, shuningdek, offsayd ham belgilandi.

14. Xavfli vaziyat! Mendi o'z qanotdan to'pni Alisson darvozasi tomon oshirdi. Lekin to'p barchadan o'tib ketdi.

12. "Siti" tezroq o'ynamoqda. Deyarli har bir pas oldinga bo'lmoqda. "Liverpul" esa sekin va pozicion tarzda hujumga o'tmoqda.

10. Kevin de Bryuynening kuchli zarbasini van Deyk qaytardi.

8. Hozircha kutilgan taxminlar o'zini oqlamayapti. Jamoalar ochiq o'yin ko'rsatishmayapti.

4. UXXXXXXX!!! Golga tortadigan chinakam vaziyat yuzaga keldi! Ederson avvaliga Salohning kuchli zarbasini, keyinchalik, vatandoshi Firminoning o'xshamagan zarbasini ushlab oldi.

3. Jesus "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilgandi. Ammo u bu pallada offsaydda qolib ketgandi. Qanot hakami ham bayroqchasini kech ko'tardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!

- "Qizillar" maydonga chiqib kelishdi! Ajoyib va tarixiy holat! "Liverpul"ning APLdagi chempionligini ilk marta ko'rdik. Jamoa muxlislari bundan g'ururlanishmoqda!

- Ana, vadaga vafo! "Siti" futbolchilari liverpulliklarni chempionlik yo'lakchasi orqali kutib olmoqda! Ha, "Liverpul" bu mavsumni super tarzda o'tkazdi, ular bunga loyiq albatta!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari! Bugun "Etixad" stadionida mamlakatning sobiq va amaldagi chempionlari o'zaro bahs olib borishadi. Gvardiola Kloppga yutqazishni istamaydi, ammo bugun "Siti" "Liverpul"ga chempionlik yo'lakchasi ochib berishni vada qilgan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика