So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Angliya LK. Mourino penaltilar seriyasida shogirdini mag'lub etdi va "Tottenxem" chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

Angliya LK. Mourino penaltilar seriyasida shogirdini mag'lub etdi va "Tottenxem" chorak finalga yo'l oldi

Teglar :  CHelsi Tottenxem
Angliya Liga Kubogining 4-bosqichi doirasidagi "Tottenxem" - "CHelsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Tottenxem – CHelsi 1:1

"Tottenxem Xotspur Stedium"

Gol: Verner (19), Lamela (84)

Tottenxem – Loris, Regilon, Ore, Tanganga (Keyn, 70), Dayer, Sissoko, Ndombele, Lamela, Jedson Fernandesh (Xeyberg, 63), Bergveyn (Lukas Moura, 76), Alderveyreld.

CHelsi – Mendi, Tomori, CHiluell (Emerson, 66), Zuma, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 70), Jorjino, Maunt, Xadson-Odoi, Jiru (Abraxam, 76), Verner.

Ogohlantirish: Kovachich (45+1), Ore (59), Tanganga (61).

YANGILASH

Maunt yo'q! Xato!! "Tottenxem" chorak finalda!! Mourino penaltilar seriyasida shogirdini mag'lub etdi, bu uning uchun birinchisi! Ajoyib o'yin uchun ikki jamoaga rahmat aytamiz! 

Keyn gol, 5:4!

Emerson gol, 4:4!

Moura gol, 4:3!

Jorjino gol, 3:3!

Xeyberg gol, 3:2!

Aspilikueta gol, 2:2!

Lamela gol, 2:1!

Abraxam gol, 1:1!

Dayer gol, 1:0!

Mourino borib shogirdi bilan qo'l tashlashib, unga omad tiladi. Dayer to'pga yaqinlashmoqda.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi! Penaltilar seriyasi!

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

84. GOOOOOOOOOOLLL!!! Lamelaaaaaa!! Regilondan assist! Hech qanday offsayd yo'q! "Tottenxem" super o'tkazayotgan bo'limida mantiqiy gol bilan yakunladi! 

81. Keyn boshladi. Faqat noaniq zarba bilan boshladi.

79. Maunt agarda to'pni Xadson-Odoiga oshirib bera olganida barchasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi.

78. Tushunarli! Joze kiyim almashtirish xonasidagi Dayerni chaqirib chiqdi.

77. ABRAAAAXXAAAMMMM!!! Ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi. Bu pallada Mourino kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi. Nima bo'ldi ekan?!

74. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! VERNEEEEERRRR!! LORIIISSSSS!! Timoning yaqin masofadan yo'llagan juda kuchli zarbasini Ugo ushlab oldi!

72. Regilon bugun yaxshi o'ynamoqda. Uning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

66. Zuma jamoasini xavfli vaziyatdan va extimoliy goldan qutqarib qoldi. Agarda u to'pni olib qo'ymaganida Bergveyn Mendi bilan birga bir holatda qolishi mumkin edi.

62. ASPIIIIIII!!! "SHporlar"ni shok holatiga tushirib qo'yishi mumkin edi. U himoyachidan o'tib ketgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

61. Tezkor hujumni to'xtatgani uchun Tanganga ogohlantirildi.

58. Aspilikuetaning zarbasi noaniq ketdi.

56. BERGVEEEEYYYNNNNN!! Tomoridan o'ta olganida marra uniki edi...

54. UXXXXXX!!! Aspilikueta o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitdi. Biroq hakam penalti belgilamadi.

53. ZARBAAAAAAA!!! Bergveyn yana bir qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. "SHporlar" ikkinchi bo'limni anchagina hujumkor boshladi.

50. ZARBAAAAAAAAA!! Regilonnnnnnnnnnn!!! Uning yaqin masofadan bergan zarbasi Mendining qo'llariga tegib, burchakka chiqib ketdi!

49. ZARBAAAAAAA!! Bergveynning xavfli zarbasi noaniq ketdi. Bu nuqtadan noaniq zarba berishning o'zi mushkul ish edi.

48. "Tottenxem" taymni hujum bilan boshladi. Jedsonning qanotdan markazga oshirgan to'pi himoyachilardan o'tmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishdi.

45+1. "Tottenxem" standart vaziyatga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi va birinchi bo'lim yakunlandi.

1-bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Beozorgina "Tottenxem"ning yana bir hujumi o'xshamadi. Lamela to'pni oldirib qo'ydi.

40. Xadson-Odoi hujumga o'tayotgandi. Offsayd qayd etildi. Bizga Keynni ko'rsatishmoqda. Rostdan ham "Tottenxem" hujumchisiz o'ynayotgandek ko'rinmoqda.

35. Endi "CHelsi" katta ustunlikka ega.

30. "CHelsi" juda tartibli o'ynamoqda, pressingga esa "shporlar" futbolchilari dosh bera olmayapti.

27. Kutilmagan holat. Lempard hamda Joze munozaraga bormoqda. Buning sababi - Zuma simulyaciya ishlatgandek ko'rindi. Bu esa "o'zgacha"ga yoqmadi.

25. Dayer jarohat olgan vaqtda bizga golni takror va takror namoyish qilishdi. Regilon avvaliga to'pni raqibiga berib qo'ydi va to'pni olib qo'yish uchun "do'kon"ga ketdi. Bu pallada Devinson Sanches o'yinga tushishga tayyorlanmoqda.

23. Qani gol!? Jedson Fernandesh raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Zuma uning ortidan halaqit qildi. Aslida bunga penalti berilmaydi. Hullas to'p darvozabondan ham o'tdi. Biroq Jedson bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ola bilmadi.

21. So'nggi ikki mavsum davomida ustozda pasayish, shogirdda o'sish kuzatilmoqda. Buni natijalardan ham o'tgan yilgi turnir jadvalidan ham bilib olishimiz mumkin.

19. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Salom, Regilon!! Uning xatosidan keyin Aspilikueta to'pni egallab oldi va Serxioni yana bir marta aldab, to'pni Vernerga oshirdi. Timo bir urinishda kuchli zarba berib, hisobni ochdi!

17. ZARBAAAAAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Xadson-Odoi 13 metrlardan Loris darvozasi tomon kuchli zarba berdi. Loris to'pni ushlab oldi.

15. O'yindagi ilk zarba Mauntga tegishli bo'ldi. Himoyachidan qaytgan to'pga forvard noaniq zarba yo'lladi.

9. Endi o'yin markazga ko'chdi. Kichik territorial ustunlik "shporlar" tomoniga o'tdi.

7. "Tottenxem" chuqur himoyaga yotib olgan holda qarshi hujumga tayanib o'ynamoqda. 

5. Vernerning qanotdan oshirgan to'piga Xadson-Odoi etib bora olmadi.

3. Ilk daqiqalarda ikki tomon ham raqib jarima maydonchasiga yaqinroq o'ynashni istayotganini ko'rsatmoqda. Bundan o'yin hujumkor o'tishini kutishimiz mumkin.

1. Demak, uchrashuvni boshlab ham oldik! Aytgancha, 22 million funtlik Mendi bugun "CHelsi"dagi ilk o'yinini o'tkazadi.

- Uchrashuvni boshlash uchun barcha narsa shay!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Boshlashga yaqinmiz: shogird o'z ustoziga qarshi!

- Hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Tottenxem" stadioniga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda Angliya Liga Kubogi doirasida "Tottenxem" hamda "CHelsi" uchrashuvlari bahs olib boradi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика