So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

Angliya Kubogi. Maguayr o'z goli bilan "Manchester Yunayted"ni Angliya Kubogi yarim finaliga olib chiqdi Yangiliklar

Angliya Kubogi. Maguayr o'z goli bilan "Manchester Yunayted"ni Angliya Kubogi yarim finaliga olib chiqdi

Angliya Kubogining 1/4 finali doirasidagi "Norvich" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Norvich – Manchester Yunayted 1:2

21.30, «Karrou Roud»

Gol: Igalo (51), Kentuell (75), Maguayr (118).

Norvich – Krul, Godfri, Kloze, Aarons, Lyuis, Kentuell (Tribull, 90), Tetti, Maklin, Buendia (Duda, 90), Rupp (Ernandes, 62), Pukki (Drmich, 71).

Manchester Yunayted – Romero, Maguayr, SHou, Diogu Dalot (Uilyams, 63), Bayi (Marsyal, 96), Lingard (Reshford, 63), Maktomini (Matich, 78), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 78), Mata (Grinvud, 63), Igalo.

Ogohlantirish: Fernandesh (109)

CHetlatish: Kloze (89).

YANGILASH

Bo'ldi uchrashuv yakunlandi. "Manchester Yunayted" kutilmaganda APLning 20-jamoasi maydonida qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Jamoa muxlislarini Angliya Kubogi yarim finali bilan tabriklab qolamiz.

So'nggi qo'shimcha bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

120. Fernandeshning zarbasi noaniq ketdi.

118. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! MAGUAYYRRRRRRR!!!! So'nggi daqiqalarda "Yunayted" sardori jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda!

114. Bugun Tim Krulga gol urish juda qiyin bo'lmoqda. Fernandeshning kuchli va aniq zarbasini Krul qaytardi!

112. ZARBAAAAAAAAAAA!!! "Uchar golland" Tim Krul bu safar Maguayrning boshi bilan yo'llagan zarbasini qaytardi! Ajoyib seyv!

110. "Yunayted" tarixidagi ilk nigeriyalik futbolchi Odion Igalo hujumda fol ishlatdi. Mankunianliklar hujumda biroz tin olishmoqda. Xuddi bo'rondan oldingi sukunat kabi.

108. Reshfordning noaniq ketayotgan zarbasini himoyachilar qaytarishdi.

106. Ikkinchi ekstra taymga start berildi!

Birinchi ekstra taym yakunlandi. Mankunianliklar bir kishi kam bo'lib, "avtobus"da o'ynayotgan raqibi darvozasiga yo'l topishga qiynalmoqda.

105. Ajoyib vaziyat!! Reshfordning to'p uzatishidan keyin Marsyal gol urishga tayyor turgandi. Ammo Jamol Lyuis to'p yo'nalishini o'zgartirib yubordi.

104. UXXXX!!! Pogbaning aylanma traektoriyali zarbasini Krul qiyinchilik bilan qaytardi.

101. "Yunayted"dan fart ketib qoldi. Negadir o'yin o'xshamayapti. 

99. Jarima maydonchasi ichida Marsyal va Igalo aniq pas o'ynay olishmadi. Aks holda franciyalik futbolchi raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.

96. Angliya futboli tarixida ilk marta 6-o'zgarish amalga oshirildi. Marsyal Bayi o'rniga maydonga tushdi.

94. ZARBAAAAAAA!! Reshfordning kuchli zarbasini Krul qaytardi!

1-qo'shimcha bo'lim boshlandi! 

Asosiy vaqt yakunlandi. Endi navbat qo'shimcha bo'limlarga!

90+6. UXXXX!!! Krul 3 soniyada 2 marta super seyv amalga oshirdi. Avvaliga Pogba, keyinchalik Grinvudning murakkab zarbasini qaytardi. 

90+4. SHou raqib darvozasi tomon zarba berganida to'p raqibga tegib, uning qo'liga tegdi va hujumda fol belgilandi.

90+1. "Yunayted" qattiq bosim uyushtirmoqda. Igaloning zarbasini himoyachilar qaytardi. Bu pallada bosh hakam 6 daqiqa qo'shib berdi.

89. Fernandeshning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

88. "YUNAYTED"da ajoyib vaziyat! O'Z JARIMA MAYDONCHASI YAQINIDA KLOZE IGALONI YIQITDI VA QIZIL KARTOCHKA OLDI

85. UXXXXXXX!!!! Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Drmich salkam birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Jarima maydonchasi ichiga qaramasdan Uilyams "podkat" tashlab, xavfni bartaraf etdi.

84. ZARBAAAA!!! Buendiyaning zarbasi noaniq ketdi.

82. "Yunayted" o'yin uslubini o'zgartirishga qiynalmoqda. "Norvich" etiborni himoyaga qaratgan. SHuningdek, o'yin asosan markazda o'tmoqda.

80. ZARBAAAAAAAAAAAA!! Grinvud bir raqibini aldab o'tib, o'tkir burchakdan kuchli va noaniq zarba yo'lladi.

78. MakTomini va Fred o'z o'rnini Matich va Pogbaga bo'shatib berdi. Endi "Yunayted" asosiy hujumlari yarim himoyachilar orqali tashkil qilinadi. 

75. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Kentuelldan super gol! Uchrashuvdagi ikkinchi aniq zarba ham golga aylandi! Bugun sefvlar ko'rmadik!

74. "Yunayted" bosimni oshirmoqda. Ammo faqatgina bir xil uslubda - qanotdan "podacha"lar bilan o'ynalmoqda.

70. DAXSHAT! "Norvich" futbolchisi Ben Godfri MYU darvozasi tomon kirib ketayotgan to'pni qaytarib qoldi. Unga tegmaganida gol edi bu!

68. Jamol Lyuisning qanotdan uzatgan to'pini Maguayr boshi bilan qaytarib yubordi.

63. Ushbu futbolchilar Mata, SHou hamda Lingardni maydondan olishdi.

61. "Yunayted" tarkibida birdaniga 3 o'zgarish bo'ladi. Grinvud, Reshford hamda Uilyams maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

60. Aaronsning qanotdan uzatgan to'pini Maguayr qaytarib yubordi.

59. So'nggi 10 daqiqa davomida to'pni ushlab turish borasida "Norvich"da kichik ustunlik bor. Aslida "Yunayted" to'p bilan ko'p ham bo'lmayapti va etibor qarshi hujumlarga qaratilmoqda. 

56. Ikkinchi bo'limda "Yunayted" o'zgardi. Himoyadan hujumga o'tish tezlashdi, shuningdek, asosiy etibor qarshi hujumlarga qaratilmoqda. Faqatgina bir muammo, Lingard o'yinni buzib qo'ymoqda.

53. O'tkazib yuborilgan goldan keyin "Norvich" futbolchilari hujumga qattiq etibor berishmoqda. Biroq hujumlarda sovuqqonlik etishmayapti.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Igaloooooooooo!!! Uchrashuvdagi ilk aniq zarba golga aylandi. Mata o'zi bilmagan holda bergan pasiga Igalo zarba berib, hisobni ochdi!


50. Pogba mashg'ulotlarni boshlab yubordi. U o'yinda maydonga tushishi mumkin. Rostdan ham hozir mankunianliklarga shunday kreativ futbolchilar etishmayapti.

48. "Yunayted" chiroyli paslari bilan raqiblari darvozasiga yaqin kelmoqda. Lekin golga emas.

46. 30 sekundga kelib gol urilishi mumkin edi. CHiroyli kombinaciya va Fredning super pasidan keyin Fernandesh chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'ldi. Lekin to'p uning oyog'iga "o'tirmadi". 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Ikkinchi bo'limni boshlash uchun jamoalar maydonga qaytishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. 1-bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!!! "Norvich" juda ham xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Avvaliga Ruppning kuchli zarbasini Maguayr qaytardi, keyinchalik Buendia zarba berdi. To'p SHouga tegib maydonga qaytdi. Navbatdagi zarba Kentuellga tegishli bo'ldi. Uchinchi zarbani Maguayr qaytardi. To'rtinchi zarba Pukkiga tegishli bo'ldi. To'p tribuna tomon uchib ketdi.

40. Katta extimol bilan bo'limda gol urilmasa kerak.

38. Hozircha tomonlar aniq zarba yo'llashmadi.

36. "Yunayted"ning uzoq vaqt davom etgan hujumini Lingard foli bilan tugatib qo'ydi.

33. "Norvich" ajoyib vaziyatni qo'ldan chiqardi. Markazda himoyachilarning xatosidan keyin Kentuell to'pni Pukkiga aniq tarzda oshirib berganida finlyandiyalik futbolchi Romero bilan birga bir vaziyatga chiqib borardi.

30. Fernandeshning burchakdan uzatgan to'piga Bayi boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

28. Matadan markazda to'p olib qo'yganidan keyin Maklin MYU darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Qanchalar kuchli bo'lgan zarba shuncha noaniq ketdi.

24. Futbolchilarga suv ichib olishlari uchun bir daqiqa vaqt berildi.

22. UXXXXX!!! "Yunayted" futbolchilari super kombinaciya orqali darvozaga yaqin kelishdi. Fernandeshning uzun to'p oshirishidan keyin SHou to'pni MakTominiga oshirdi. Skott esa tovon qismi bilan Igaloni topdi. Lekin Odion to'pga etib bora olmadi.

20. Dalotning zarbasi noaniq ketdi.

18. Lingard qanday saviyali futbolchi ekanligi ko'rinib qolmoqda. Oldinlari jamoaning asosiy figuralaridan biri edi. Hozir esa juda oddiy vaziyatda to'pni raqibiga oldirdi.

16. "Yunayted" pressingni ajoyib tarzda qo'llamoqda. SHu sababli "Norvich" futbolchilari to'pni o'zlarida ushlab tura olmayapti.

13. Fernandeshning zarbasiga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

10. Bugun Mata o'zining ajoyib paslari bilan diqqat markazida bo'lib turibdi. Lekin hozir uning shunday zargarona pasini SHou to'xtata olmadi.

8. Lingardning zarbasidan keyin to'p raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Undan oshirilgan to'pga Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. Krul baland sakrab to'pni ushlab oldi.

7. Ilk xavfli vaziyat mezbonlar tomonidan yaratildi. CHap qanotda Kentuell to'pni raqibidan olib qo'ydi va markazga oshirdi. Bu erda Maguayr xavfni bartaraf etdi.

5. MakTomini yiqitildi. "Yunayted" standart vaziyatga ega bo'ldi. Lekin hozircha jamoalar hujumga o'tishga shoshilmayapti.

2. Ilk daqiqalardan kutilganidek, mankunianliklar tashabbusni qo'lga olishga intilmoqda. Ammo paslarning ko'pi noaniq ko'rinish olmoqda.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Futbolchilar va murabbiylar koronavirus sababli vafot etganlar xotirasiga bir daqiqa qarsak chalishdi.

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Mankunianliklar bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher o'z odatiga ko'ra, kubok o'yinlarida darvozani Serxio Romeroga ishonib topshirmoqda. SHuningdek, o'tgan o'yindan farqli ravishda Dalot, Bayi, Lingard, Mata, Fred va Igalo kabi futbolchilar bu safar asosiy tarkibda ko'rinish berishgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика