So’nggi yangiliklar

18:45"Реал" ижтимоий тармоқларда энг оммабоп клуб, "Барса" – 2-ўрин, МЮ – 3-ўрин, ПСЖ – 4-ўрин...  1 18:16Фарруҳ Сайфиев: "Мундиалга бориб, шунчаки қатнашиш йўқ"  7 18:00Про лига. “Олимпик” — “Арал” 0:1  0 17:49ЖЛА бош котиби футбол клублари раҳбарлари билан учрашади  0 17:30"Милан" Леау учун 90-100 миллион евро талаб қилмоқда  0 16:20"Бавария" Нико Уильямсни сотиб олишни хоҳлайди. "Атлетик" вингери – ҳужумдаги устувор вариант  1 15:56Эшакнинг меҳнати ҳалол, ўзи ҳаромми?  47 14:47Интервью. Миржалол Қосимов: "Жиддий айтганда Жаҳон чемпионатига чиқишга энди тайёр бўлдик, бу натижа ўз-ўзидан келмади"  22 14:16Осиё Кубоги-2027 саралаш. Тожикистонда дуранг, Туркманистонда ғалаба  2 14:15Месси Хамесга Аргентина ва Колумбия ўйини вақтида: "Сен жуда кўп гапиряпсан"  6 14:01Игорь Сергеев: "Йиғлаб юборишимга бир бахя қолди"  21 13:27Сане "Бавария"ни тарк этишга қарор қилди. Вингер "Галатасарой"га ўтишга яқин  0 13:15"Манчестер Сити" 70 млн. еврога ярим ҳимоячи сотиб олди  2 12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  1

Angliya Kubogi. Brununing supergoli "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yubordi Yangiliklar

Angliya Kubogi. Brununing supergoli "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yubordi

Angliya Kubogining 4-bosqichidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Liverpul 3:2

Gollar: Saloh (18, 0:1), Grinvud (26, 1:1), Reshford (48, 2:1), Saloh (58, 2:2), Fernandesh (78, 3:2).

Manchester Yunayted – Xenderson, Maguayr, SHou, Uan-Bissaka, Lindelef, Pogba, Maktomini, van de Bek (Brunu Fernandesh, 66), Kavani, Grinvud (Fred, 66), Reshford (Marsyal, 87).

Liverpul – Alisson, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabino, Milner, Veynaldum (Mane, 62), Djons, Tiago Alkantara (SHakiri, 81), Salax, Firmino (Origi, 81).

Ogohlantirish: Fabino (42), Mane (70).

Manchester United

Mason Greenwood - 26', Marcus Rashford - 48', Bruno Fernandes - 78'

FA Cup . 4-tur

24/01/2021, 22:00

2
:
3
Tugadi

Liverpool

Mohamed Salah - 18', Mohamed Salah - 58'

Stadion: Old Trafford

45'
90'
26'  Mason Greenwood
26'  Marcus Rashford
48'  Marcus Rashford
48'  Mason Greenwood
66'  Mason Greenwood (Fred)
66'  Donny van de Beek (Bruno Fernandes)
78'  Bruno Fernandes
86'  Marcus Rashford (Anthony Martial)
89'  Victor Nilsson Lindeloef
90'  Paul Pogba
18'  Mohamed Salah
18'  Roberto Firmino
42'  Fabinho
58'  Mohamed Salah
58'  Roberto Firmino
62'  Georginio Wijnaldum (Sadio Mane)
69'  Sadio Mane
81'  Thiago Alcantara (Xherdan Shaqiri)
81'  Roberto Firmino (Divock Origi)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ole-Gunnar Sulsher faoliyatida ilk marta "Liverpul"ni mag'lub etdi. "Manchester Yunayted" esa nimchorak finalga chiqmoqda!

90+3. ZARBAAAAAAA!!!! Jarimadan oshirilgan to'pni Pogba qaytardi. Salohning zarbasi esa noaniq ketdi.

90+3. UXXX! Pogba o'z jarima maydonchasi yonida Trentni yiqitdi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. UXXXX!! Kavani nuqta qo'yishi mumkin edi. Fernandeshning to'p uzatishidan keyin Edinson boshi bilan zarba berdi. Alisson biz kabi vaziyatni kuzatib turgandi. Faqatgina to'sin gol bo'lishni istamadi.

84. Milnerning MYU jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan, maydondan chiqib ketdi.

80. UXXXXXXXX!! Van-Bissakaning chiroyli to'p uzatishidan keyin Reshford juda qulay imkoniyatni yo'qqa chiqardi.

78. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! FERNANDEESHSHSHSHSH!!! SUPERGOLLLL!!! Brunu jarima zarbasidan unumli foydalandi!

77. Kavanini "Liverpul" futbolchilari o'z jarima maydonchasi yonginasida yiqitishdi.

75. Salohning zarbasi kuchsiz chiqdi.

74. Pogba katta masofani bosib o'tib, "Liverpul" jarima maydonchasi ichiga kiri bordi va uning oshirgan to'pini Alisson ushlab oldi.

71. UXXXXXX!! Alissonning oldinga chiqib ketganini ko'rgan Fernandesh to'pni darvoza tomon tepdi. Noaniq.

67. ZARBAAAAAAAAA!!! Saloh xet-trikka erishishi mumkin edi. Birga bir vaziyatdan keyin uning zarbasini Xenderson qaytardi!!

66. Ikki jamoa tarkibida ham bir qancha o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu esa o'yinni yanada tezlashtiradi.

61. ZARBAAAAAA!! Trentning kuchli zarbasini Xenderson qaytardi!

58. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! MYUning himoyasidagi xatodan keyin Saloh dublini qayd etmoqda!

58. ZARBAAAAAA!!! MILNEEERRRR!!! 2 metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi...

56. Ha, aytgancha, MYU akademiyasi tarbiyalanuvchilari Grinvud hamda Reshfordda bugun 1+1.

53. Kavanining pasidan keyin Grinvud zarba bera olmadi.

50. Tashabbus to'liqligicha MYU tomonida.

48. GOOOOOOOOLLLL!! Reshford raqiblari himoyachilarini ko'rdim demasdan o'tib ketdi va hisobni jamoasi foydasiga o'zgartirdi.!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+1. ZARBAAAAAA!!! MYUdan juda chiroyli hujum. Pogbaning zarbasi esa biroz noaniq ketdi.

43. UXXXXXX!! Alkantaraning xatosidan keyin MYU "Liverpul" jarima maydonchasining yonginasida jarima zarbasini tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Pogbaning zarbasi noaniq ketdi.

40. Vaziyatlar kamayib ketdi. SHasht biroz pasaydi.

37. MYUning barcha burchak zarbaalaridan keyin zarba berilmoqda. Bundan avval Maguayr va Pogba mo'ljaldan adashgandi. Bu safar Maktomini qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

35. UXXXX!! Jarimadan oshirilgan to'pni Uilyams darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi.

33. Alkantara o'z jarima maydonchasi yaqinida Reshfordni yiqitdi. Fol.

28. UXXXXXXX!!! Van de Bek birga bir vaziyatdan foydalana olmadi.

26. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Reshfordning super pasidan keyin Meyson Grinvud gol urdi!

24. "Liverpul"da xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Trentning zarbasiga aniqlik etishmadi.

23. Kertis Jonsning zarbasini Xenderson ushlab oldi.

18. GOOOOOOOLLL!!! Saloh birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!

14. Grinvudning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

11. UXXXXX! Trentning qanotdan oshirgan to'pini Xenderson qo'llari bilan urib yubordi.

9. Kichik ustunlik mankunianliklar tomonida.

5. O'yin asta-sekinlik bilan MYU nazorati ostiga o'tmoqda.

2. Ilk hujum mehmonlar tomonidan uyushtirildi. Viynaldumning zarbasiga Grinvud to'g'anoq bo'ldi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! 1 hafta o'tib yana ushbu jamoalar o'zaro to'qnash kelishmoqda. Bugungi bahsni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.






Reklama




Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика