So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Angliya Kubogi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Aston Villa"ni mag'lub etib, 4-bosqichga yo'l oldi Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Aston Villa"ni mag'lub etib, 4-bosqichga yo'l oldi

Angliya Kubogi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Aston Villa" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted - Aston Villa 1:0

Gol: Maktomini (8, 1:0).

Manchester Yunayted - De Xea, Lindelof, Reshford (Elanga, 86), Grinvud, Fred, Fernandesh (Lingard, 86), Varan, Dalot, Kavani (van de Bek, 72), SHou, Maktomini.

Aston Villa - Martines, Kesh, Konsa, Mings, Targett, MakGinn, Duglas Luis, Remzi (Bidas, 86), Buendia (Elgazi, 79), Ingz, Uotkins.

Ogohlantirish: Fred (65), SHou (68), Dalot (70).

Manchester United

Scott McTominay - 8'

FA Cup . 3-tur

10/01/2022, 23:55

0
:
1
Tugadi

Aston Villa

Stadion: Old Trafford, 72911 tomoshabin

45'
90'
8'  Scott McTominay

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" faqatgina hisobda ustunlikka erishdi va Angliya Kubogining 4-bosqichiga yo'l oldi.

90+4. ZARBAAAAAAA!!!! Elgazi to'pni ochiqchasiga jamoadoshidan qizg'andi va qulay vaziyatda to'pni tribuna tomon tepdi.

90+2. Grinvudning zarbasini Martines ushlab oldi.

90+1. Elanga chap qanotda raqibini osonlik bilan aldab o'tdi va darvoza yoniga mantiqan to'g'ri pas yo'lladi. Ammo u erda "Yunayted"ning biror futbolchisi yo'q edi.

O'yinga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. SHou o'z jarima maydonchasi ichida Konsani urib yubordi. "Villa" futbolchisining burnidan qon oqib ketdi. Ammo hozircha VAR ishga tushgani yo'q.

Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlarni ko'rdik. So'nggi daqiqalarda ingriga ko'tarilishi aniq.

84. "Yunayted" uzoq vaqt to'pni ushlab turib, pozicion hujum uyushtirishga harakat qilgandi. Reshfordning so'nggi uzatmasini himoyachilar qaytarib yubordi.

Tasavvur qilyapsizmi, to'pni ushlab turishdagi ko'rsatkich 37-63ni tashkil qilmoqda.

77. "Aston Villa" 1-2 daqiqa mobaynida to'pni o'zida ushlab turdi. Ammo Mingzning noaniq pasi sababli to'p autga chiqib ketdi.

74. GRINVUUUUDDDDD!!! Yuz foizlik imkoniyatni qo'ldan chiqardi. Uning zarbasini Martines qaytardi.

73. "Yunayted" ancha vaqtdan buyon endi hujumga o'tdi. Grinvudning ojizona zarbasini Martines ushlab oldi.

71. ZARBAAAAAAAAA!!! Uotkinsning zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi.

70. Dalot raqibiga qarshi fol ishlatgani uchun sariq kartochka oldi. Ammo u bundan rozi bo'lmagandi. Takroriy lavhada u bejizga norozi bo'lmaganini ko'rdik.

67. ZARBAAAAAAAAA!!! Keshning kuchliii zarbasini De Xea qiyinchilik bilan burchakka chiqarib yubordi.

64. Konsa markazda to'pni egallab olib, "katta xolasini uyidek" MYU jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va zarba yo'lladi. David uchun bu zarba qiyinchilik tug'dirmadi.

62. "Yunayted" himoyada juda nozik o'ynamoqda. Uotkins hozirgi vaziyatda ham kechirdi. Agarda darajasi yuqoriroq hujumchi bo'lganida "davnoooo" bir necha gol urib tashlagan bo'lardi.

60. UXXXXX!! "Aston Villa"ning ikkinchi goli inobatga olinmadi. Uotkins bu vaziyatda offsaydda qolib ketdi.

59. Ingz MYU jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi va to'pni darvoza yoniga oshirdi. De Xea to'pni ushlab oldi.

57. Ikkinchi bo'limdagi to'laqonli ustunlik Jerrard shogirdlari tomonida.

Gol inobatga olinmadi. Konsaning boshi bilan uzatgan to'pi Uotkinsga tekkandan keyin Ingz offsaydda qolib ketgan deb topildi.

Gol VAR orqali tekshirilmoqda. Birinchidan, offsayd bo'lishi mumkin, ikkinchidan Ingz to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lishi mumkin. Uchinchidan, Kavaniga fol ishlatilgan bo'lishi mumkin.

50. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Konsaning boshi bilan uzatgan pasidan keyin Ingz hisobni tenglashtirmoqda!

Eslatib o'tamiz, shanba kuni ushbu jamoalar endi "Aston Villa" maydonida APL doirasida o'zaro bahs olib borishadi.

48. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pini Reshford darvozaga yo'llay olmadi. Himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"Yunayted"ning bosimi ostida taym yakuniga etdi.

45+3. UXXXXXXXX!!! Reshford raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borib, darvoza yonidagi Kavani tomon pas yo'lladi. Kesh to'pni qaytara olmaganida hisob o'zgarardi.

Bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. UXXXXXX!!! Maktomini to'pni erga tushirmasdan daxshat zarba berdi o'ziyam. SHunchaki to'p Martinesning qo'liga borib tushdi.

43. Raqib xatosidan keyin Kavani to'pni egallab oldi va SHouga oshirdi. Lyukning qanotdan darvoza yoniga oshirgan to'pini Martines ushlab oldi.

Umuman olganda taymdagi kichik ustunlik mehmonlar tomonida. Ralf Rangnikning o'ylangan taktikasini ko'rmadik-ku, biroq Ronaldusiz MYU Ronaldusi bor MYUdan yaxshiroq ko'rinmoqda.

38. ZARBAAAAAAA!!! Avvaliga Maktominining zarbasini Kesh, keyinchalik SHouning zarbasini Martines qaytardi.

36. Duglas Luisning burchakdan uzatgan to'pini Ingz darvoza tomon yo'naltirdi. Ammo zarba anchagina noaniq ko'rinish oldi.

33. Dalotning oyog'i qonab ketdi. Uning almashtirilish extimoli juda yuqori. Van-Bissaka maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

32. ZARBAAAAAAAAA!! Remzining zarbasi darvozaning yonidan o'tib ketdi. 25 santimetr o'ngroqqa zarba yo'llanganida De Xea to'pni qaytarolmasdi.

30. LINDELOOOOFFFFF!!!! U qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Uotkins birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Zarbani esa to'sin qaytardi!!!! DAXSHATTT!!!

28. MARTINEEEESSSSS!!! "Yunayted"ning tezkor qarshi hujumidan keyin Fernandesh qulay nuqtada turgan Kavaniga to'pni uzatdi. Edinsonning zarbasini Martines qiyinchilik bilan qaytardi.

27. ZARBAAAAAAA!! "Yunayted"ning markaziy himoyasi Buendianing zarba berishiga qarshilik qilmadi. Uning zarbasini David ushlab oldi.

24. Grinvud o'ng qanotda ikki raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi. Noaniq.

19. ZARBAAAAAAA!!! Makginning kuchli zarbasini De Xea qaytardi!!! CHiroyli seyv bo'ldi.

17. Buendia qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Ammo zarba beradigan biror futbolchi topilmadi.

15. Qanotdan Kavani tomon juda kuchli to'p uzatildi. Edinson darvozaga zarba bera olmadi.

13. UXXXX!! Buendia ikki raqibini osonlik bilan aldab o'tdi, biroq zarbaga kelganda ...

10. ZARBAAAAAAA!!!! Uotkins hisobni tenglashtirishi mumkin bo'lgandi. Burchak zarbasidan keyin to'p barchadan o'tib Olli tomon bordi. Ammo u gol ura olmadi.

8. GOOOOOOOLLLLLL!!!! Fredning ajoyib to'p uzatishidan keyin Maktomini boshi bilan darvozaga zarba berib, hisobni ochdi!

6. Maktominining 22-25 metrlardan yo'llagan zarbasini Martines ushlab oldi.

5. Lindelof hujumdagi Reshford tomon to'pni oshirmoqchi bo'ldi. Konsa to'pni darvozabonga oshirib berdi.

3. Uotkins hujumga o'tdi, biroq Varan to'pni undan osonlik bilan olib qo'ydi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Ushbu stadionda "Aston Villa" mehmon bo'lmoqda. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика