So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Angliya Kubogi finali, "Manchester Siti" va ten Xag haqida Ueyn Runi nimalar dedi? Yangiliklar

Angliya Kubogi finali, "Manchester Siti" va ten Xag haqida Ueyn Runi nimalar dedi?

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi Angliya Kubogi finali haqida gapirdi.

"Angliya Kubogi bilan hech nimani solishtirib bo'lmaydi. Kubokni ko'targanimda bolaligimdagi orzum ushalganini his qilgandim. SHunchalar baxtli edimki, sovrinni berib yuborgim kelmadi. Ikki o'g'lim o'shanda kubok bilan birga uxlagandi.

O'sha kuni kubokni hamkorlar bilan ulashishim kerak edi, biroq buni istamagandim. 

Ularga kubok jamoa bilan qolishini aytdim. Uyga qaytganimdan keyin kubokni o'g'illarim Kay va Kley uxlab yotgan joyiga qo'ydim. Bu ajoyib holat edi".

- "Manchester Siti" bilan final haqida

"SHanba kungi o'yin "Yunayted" uchun so'nggi yillardagi eng muhim uchrashuv bo'ladi. Ularda "Siti"ga treblni qo'lga kiritishga xalaqit qilish imkoni bor. Qachonki Siz "Yunayted"da o'ynasangiz, 1999 yilgi afsonalarni doimo yodda saqlashingiz kerak.

"Siti"ning "Real"ni parchalab tashlashini taxmin qilgandim. Hozir esa bosimlarga boy final bo'lishini kutyapman. Qo'shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasi bo'lishini taxmin qilyapman. SHuningdek, "Yunayted" yutishini istayman. Bunga juda-juda umid qilyapman". 

- Jamoaning finalga munosabati haqida

"Menimcha, ten Xag risk qilib ko'rsa bo'ladi. Men bo'lganimda Mourinyuning bir vaqtlar "CHelsi"da Jo Koul, Aren Robben va Demen Defoning qanot yarim himoyasida o'ynatgan taktikasini qo'llab ko'rardim.

Ularga qarshi o'ynash biz uchun doim qiyin bo'lgan. Qachonki hujum qilayotganingizda ichingizdan: "Robben qaerda? Koul qaerda? Ortda qolib ketdimi? Ular hozir qaysi nuqtada?", degan fikrlar o'tardi.

8 kishi bo'lib himoyalanish va Marsyal hamda Markusni qarshi hujumda o'ynatish. "Yunayted"ni 4-4-2 sxemasida o'ynatardim. Kazemiro markazda Eriksen yoki Maktomini bilan, Fernandesh va Fred to'pni qanotlarga tortadi. 8 futbolchini himoyaga joylashtirgan bo'lardim".

- ten Xag xaqida

"Erik Angliyadagi ilk mavsumini yaxshi o'tkazdi. Jamoa mavsumni kuchli to'rtlikda yakunladi va bir sovrin yutdi. SHuningdek, yana bir sovrin qo'lga kiritish imkoni bor. "Yunayted" yaxshi mavsum o'tkazdi, shu sababli muxlislar yangisidan yanada yaxshirog'ini kutishga xaqli".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика