Angliya kubogi chorak finaliga qura tashlandi, MYU yana safarda o'ynaydi
19 fev 2019 03:51
Yangiliklar
Angliya kubogi chorak finaliga qura tashlandi, MYU yana safarda o'ynaydi
"Stemford Bridj" stadionida o'tgan bellashuvda "Manchester Yunayted" jamoasi mezbon "CHelsi"ni Errera va Pogbalarning gollari evaziga 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Biroz avval musobaqaning chorak finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi:
Angliya kubogi
CHorak final
"Suonsi" – "Manchester Siti"
"Uotford" – "Kristal Pelas"
"Vulverxempton" – "Manchester Yunayted"
"Milluoll" – "Brayton"
Qayd etish joiz, Ole Gunnar Sulsher boshchiligidagi MYU kubokda ketma-ket uchinchi bor safarda to'p tepadi. Bungacha "Qizil iblislar" "Arsenal" va bugun "CHelsi"ni mehmonda taslim qilishgan edi. Endi esa yarim finalga chiqish uchun "Vulverxempton" maydoniga safar uyushtirishadi.

Eslatib o'tamiz, Angliya kubogining chorak final o'yinlari 15-18 mart kunlari bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar