So’nggi yangiliklar

14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  10 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  2 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  2 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   29 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  64 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  9 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  12

Angliya kubogi. "Arsenal" finalda! Yangiliklar

Angliya kubogi. "Arsenal" finalda!

Angliya kubogi yarim finali doirasida "Uigan" - "Arsenal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Angliya kubogi
1/2 final
Uigan – Arsenal 1:1 (penaltilar bo'yicha 2:4)
12 aprel, 21.07, Uembli
Gollar
: 1:0 – 63, penalti Jordi Gomes,  1:1 – 82 Mertesaker.
Uigan – Karson, Perch, Kreyni, Ramis (Kolduell, 86), Boys, Makartur, Makikran (Kollison, 64), Bosejur, Jordi Gomes, K. Makmanaman (Pauell, 68), Fortyune.
Arsenal – Fabianski, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Monreal (Gibbs, 63), Kasorla, Arteta, Remzi (CHelstrem, 113), Oksleyd-CHemberlen, Podolski (Jiru, 68), Sanogo.Ogohlantirishlar: Jordi Gomes (79), Makartur (90), Kollison (90), Bosejur (120).

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasi olib borildi.

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH

Ikkinchi finalchi ertaga "Xall" – "SHeffild Yunayted" o'rtasidagi o'yindan so'ng malum bo'ladi. Bizni kuzatib borgan barchaga rahmat!

8-Santi Kasorla gol urdi - 2:4! "Arsenal" finalda!
7-
Makartur gol urdi - 2:3!
6-
Jiru gol urdi 1:3!
5-
Bosejur gol urdi 1:2!
4-
CHelstrem gol urdi 0:2!
3-
Kollisonning zarbasidan so'ng to'pni Fabianski qaytardi!!
2-
Arteta gol urdi 0:1.
1-Kolduellning zarbasidan so'ng to'pni Fabianski qaytardi!
Diqqat boshlandi penaltilar seriyasi boshlandi!

120. Uchrashuv yakunlandi. Aniroqrog'i futbol tugadi, endi penaltilar seriyasi bo'ladi.
120.
CHelstrem! Uning zarbasi hal qilishi mumkin edi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.
119. Ogohlantirish. "Uigan". Bosejur
118.
O'yin tugab bormoqda, ikkala jamoa futbolchilari ham charchashdi. Bilinib turibdi. 
115.
CHelstremning zarbasi o'ta noaniq ketdi, lekin baribir zarba berildi
113. O'zgarish. "Arsenal".
Remzi o'rniga CHelstrem tushdi
113.
Kollison boshi bilan darovozaga zarba berdi, noaniq.
111. Xavfli vaziyat! CHemberlenning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyga tegib qaytdi!
110.
Fabianski kutilmaganda o'z jarima maydonini tashlab hujumchiga qarshi chiqdi, "Uigan" hujumchisi qanotga ketib qoldi
108.
"Arsenal" jarima to'pini amalga oshirdi, to'p himoyachilar tomonidan qaytarildi. 
106. So'nggi bo'lim boshlandi.

105. Birinchi qo'shimcha taym yakunlandi
102.
CHemberlen ikki bor zarba berdi, har ikkala vaziyatda ham Perch to'p yo'liga qalqon bo'ldi
98.
Burchak to'pidan so'ng yana Yaya Sanogo darvozaga zarba berdi, noaniq.
97. Xavfli vaziyat!
Karson! Sanogoning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan so'ng posbon to'pni qaytardi
95.
Gibbs to'pni Jiruga oshirdi, to'p Sanogo tomonga bordi, Boys to'pni undan olib qo'ydi.
94.
Jek Kollisonning jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
90. Qo'shimcha birinchi bo'lim boshlandi.

90+5. Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi. Finalchini aniqlash uchun qo'shimcha vaqtga murojaat qilinadi. Uxlab qolmang.
90+4.
CHemberlenning kuchli zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi, bu vaziyatda Remzi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.
90+3.
Venger maydon chetiga o'tirib olib shogirdlarining hujumlarini kuzatmoqda.
90.
Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88.
Jiru! 16 metrlardan yo'llangan kuchli va aniq zarbadan so'ng to'pni Karson to'xtatib qoldi!
86. O'zgarish. "Uigan".
Ramis o'rniga Kolduell
83. Burchak to'pidan so'ng jarima maydoniga uzatilgan to'pni Mertesaker boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1.
83. GOOOOOOOOOOOOL. MERTESAKER!
82. Xavfli vaziyat! Gibbs ikki metrdan boshi bilan darvozaga yo'lladi, Karson to'pni qaytardi, qo'shimchasiga himoyachi to'pni qaytardi.
80. Ogohlantirish. "Uigan".
Xordi Gomes
78.
"Kanonirlar"ning stadiondagi muxlislari havotirdalar, ularning jamoaga bo'lgan ishonchlari so'nib borayotganga o'xshaydi
77.
"Uigan" tartib bilan himoyalanmoqda va final sari yaqin kelmoqda
75.
CHemberlenning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Karson ushlab oldi
73.
"Arsenal"ning hujumlari samara keltirmayapti. Jiru tushib hujumkorlikni oshirdi. 
68. O'zgarish. "Arsenal".
Podolski o'rniga Jiru tushdi
66. O'zgarish. "Uigan".
Makmanaman o'rniga Pauell tushdi
64.
O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Sanogo darvozaga yo'llay olmadi.
62.
Xordi Gomes "nuqtadan" adashmadi va hisobni ochdi - 1:0.
61. GOOOOOOOOOOOOOOL. XORDI GOMES!

60. O'zgarish. "Arsenal". Monreal o'rniga Gibbs tushdi
60. Penalti! "Arsenal" darvozasiga! Mertesaker o'z jarima maydoni ichida Makmanamanni yiqitdi.
54.
Remzi jarima maydoni ichida Makarturni yiqitdi, hakam bu vaziyatda penalti yo'qligini ko'rsatdi
52. Kasorla ajoyib pas bilan Sanogoni oldinga tashladi. Ramis hujumchi bilan kurashdi va to'pni yakunda Karson egallab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi
45+1. Kasorlaning burchakdan oshirib bergan to'pini Perch qaytarib yubordi
44. Podolski zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib maydonni tark etdi.
42. Xavfli vaziyat! Sanogo bir birga vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabonga yo'lladi, Karsonga tasanno!
41. Podolskining chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p ustun yonidan o'tib ketdi
40. CHemberlenga nisbatan qo'pol o'ynashdi, chamasi 25 metrlardan jarima to'pini londonliklar tepishadi
39. Xordi Gomes jarima to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytardi. Kallum Makmanaman ikki bor darvozaga zarba berdi, birinchisi noaniq, keyingisida Fabianski to'pni qaytardi.
35. Xavfli vaziyat! Sanogoning jarima maydoni chizig'i ustidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.
31.
"Uigan"ning hujumi! Sanya jarima maydoni ichida hujumchiga zarba berishga imkon bermadi. Makmanamanning zarbasi esa qaytarib yuborildi.
27.
Burchak to'pidan so'ng xavfli vaziyat sodir etildi. Kasorla to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Vermalen to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Sanya to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq.
25.
CHemberlen o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo to'pni darvozaga yo'llay olmadi
20.
O'yin zerikali kechmoqda, jamoalar to'pni asosan maydon markazida ushab turishibdi. Hech kim xato qilmoqchi emas
15. Arteta burchak to'pini amalga oshirdi. Ammo Kasorla eta olmadi.
7. Mana vaziyat! Sanya qanotdan to'pni oshirdi, Sanogo boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!
6. To'g'risi hozircha hech qanday vaziyat sodir etilmadi
5. To'pni londonliklar o'zlarida saqlab turishibdi
1. Ilk hujumni "Arsenal" tashkil etdi. CHemberlen to'pga eta olmadi, darvozabon o'z o'rnida
- Uchrashuv boshlandi!
- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:07da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика