Angliya kubogi. “Arsenal” 5-divizion vakilini beshta gol bilan “siyladi”
12 mar 2017 00:44
Yangiliklar


Angliya kubogi. “Arsenal” 5-divizion vakilini beshta gol bilan “siyladi”
Angliya kubogi chorak finalida Londonning “Arsenal” klubi o'z maydonida 5-divizion vakili “Linkoln Siti” futbolchilarini qabul qilib, mehmonlar darvozasiga javobsiz beshta gol yo'llashdi.
Uchrashuvda Uolkot, Jiru, Sanches va Remzining gollariga qo'shimcha tarzda mehmonlar futbolchisi Uoterfoll o'z darvozasini ishg'ol etdi.
Angliya kubogi.
1/4 final.
“Arsenal” – “Linkoln Siti” 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 45 Uolkott, 2:0 – 53 Jiru, 3:0 – 58, Uoterfoll, o'z darvozasiga, 4:0 – 72 Sanches, 5:0 – 75 Remzi.
“Arsenal”: CHex, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni, Oksleyd-CHemberlen (Ozil, 27), Jaka (Koklen, 61), Uolkott, Remzi, Sanches, Jiru (Peres, 65).
“Linkoln Siti”: Farman, Uoterfoll, Xeberxem, Rejett, Vud, Xoukrij (Merriott, 78), Pauer, Arnold, Vudyard, Maldun (Marjetts, 54), Rid (Uord, 66).
Ogohlantirish: Jaka (24), Koselni (37), Vudyard (47), Marjetts (63), Rejett (85).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar