So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  10 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

Angliya. Bugun "Carabao Cup" doirasida Manchester jamoalari o'z o'yinlarini o'tkazishadi Yangiliklar

Angliya. Bugun "Carabao Cup" doirasida Manchester jamoalari o'z o'yinlarini o'tkazishadi

Bugun Angliyada Liga kubogining 3-bosqich uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu musobaqa bugungi kunda rasman "Carabao Cup" deb nomlanadi. Uning amaldagi g'olibi "Manchester Siti" klubi hisoblanadi. Bugun ular ham o'z yurishlarini boshlashadi.

Angliya Liga kubogining 2018-2019 yilgi mavsumida jami 92ta klub ishtirok etmoqda. Birinchi bosqichda 70ta jamoa 35ta juftlikka bo'lingan holda bellashgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda 50ta jamoa 25ta juftlik hosil qilgan edi. Ayni paytda o'sha g'olib bo'lgan 25 klub orasiga APLdan evrokuboklarda ishtirok etayotgan 7 jamoa qo'shildi va 16ta juftlik hosil qilindi.

Bugun 3-bosqichning 10ta bellashuvi o'tkaziladi. Etiborli uchrashuvlar sirasiga Manchester shahrining ikki jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni va APLda to'p tepadigan "Vulverxempton" va "Lester"ning o'zaro to'qnashuvini keltirish mumkin.


Angliya Liga kubogi
"Carabao Cup"
, 3-bosqich
25 sentyabrdagi o'yinlar

23:45. "Barton Albion" - "Byornli"
23:45. "Uaykomb Uonderers" - "Norvich"
23:45. "Oksford" - "Manchester Siti"
23:45. "Milluoll" - "Fulxem"
23:45. "Bornmut" - "Blekbern"
23:45. "Preston" - "Midlsbro"
23:45. "Vulverxempton" - "Lester"
23:45. "Blekpul" - "Kuinz Park Reynjers"
00:00. "Vest Bromvich" - "Kristal Pelas"
00:00. "Manchester Yunayted" - "Derbi Kaunti"


MYU - "Derbi" uchrashuvining etiborga molik jihati CHempionship jamoasini bugungi kunda "CHelsi" afsonasi Frenk Lempard boshqarib bormoqda. Lempard bellashuvdan oldingi matbuot anjumanida quyidagicha qiziq gapni aytib o'tdi: "Uchrashuvdan so'ng Joze bilan birga ichishimiz uchun vinoning navini tanlashni o'zimga ep ko'rolmayman. Men bu tanlovni unga qoldiraman. Men bu borada unchalik mahoratli emasman. Men uchun arzonroq va "qattiqroq" bo'lgani maqul". Mana shunaqa, Angliyada ikki jamoa murabbiylarining o'yindan so'ng birga o'tirib vinoxo'rlik qilishi yangilik emas. "Manchester Yunayted"da esa odat desa ham bo'laveradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика