Mourinyo Angliya - Belgiya o'yini haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018, 13:56
Joze Mourinyo Angliya hamda Belgiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan JCH-2018 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Angliya - Belgiya uchrashuvi biror narsani hal qilishini istayman. Bu do'stlar o'yini bo'ladi, chunki belgiyalik ko'plab futbolchilar Angliyada inglizlar bilan birga o'ynashadi. Ushbu bahs bir-birini yaxshi biladigan, sifatlaridan xabardor oshnalar uchrashuvi bo'ladi. Agar bu o'yin pley-off bosqichi uchun biror narsani hal qilsa, uni o'tkazib yuborishni istamayman" - deydi Mourinyo.

Eslatib o'tamiz, Angliya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT