Anelli: "Italiya Angliya,Ispaniya va Germaniya uchun namuna bo'lgan, ammo bizdan o'zib ketishdi"
25 okt 2014 17:08
Yangiliklar


Anelli: "Italiya Angliya,Ispaniya va Germaniya uchun namuna bo'lgan, ammo bizdan o'zib ketishdi"
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli fikricha, Italiya futboli Evropaning boshqa chempionatlaridan ko'ra sekin rivojlanmoqda.
"20 yil avval Italiya Angliya, Ispaniya va Germaniya uchun namuna bo'lgan. Hozir esa ular bizni xar tomonlama ortda qoldirishdi - foyda, biznes muqobilligi, sport natijalari, maydon to'lishi va UEFA reytingida. Biz Portugaliya bilan to'rtinchi o'rin uchun kurashishga majburmiz.
10 yil oldin A Seriya va Bundesliga bir hil foyda ko'rardi va bu Premer-ligadagi foydani uchdan biri edi. Biz o'shanda ham toshbaqa kabi qimirlayotgan edik, hozir bo'lsa qisqichbaqadekmiz. Bundesliga va Primera hozir bizdan ko'ra ikki marta ko'proq daromad qilyapti. Italiya futboli 200 mln evro ishlayapti va shuning beshdan birin "Yuventus" stadioni olib kelmoqda" - deydi Anelli.

Fikrlar