Andrey SHipilov: "Yanada ko'proq ochko ololmaganimizda mening ham aybim bor, qaerdadir yaxshi ishlamadim"
29 avg 2020 20:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589491_original.jpg)
![](/upload/storage/589491_220.jpg)
Andrey SHipilov: "Yanada ko'proq ochko ololmaganimizda mening ham aybim bor, qaerdadir yaxshi ishlamadim"
"Avgust biz uchun yaxshi o'tdi. To'rtta o'yinda maksimal ochko jamg'arishga harakat qildik. O'yin haqida, raqibdan agressivlik kutgandik. "Mashal" yaxshi jamoa, tarkibda ahil kollektiv jamlangan. Bizda ham nomlar bor, klub bor. Bahsga munosib tayyorgarlik ko'rgandik, raqibni kuchsiz tomonlarini topishni uddasidan chiqdik. CHiroyli gollar urdik, keyin natijadan kelib chiqib harakat qildik. Natijani saqlab qolish uchun o'ynadik deya olaman.
Ha, o'yin davomida ritmni almashtirib turdik. Ayrim joyda biroz tezlik qo'shdik, ayrim joyda o'yin ritmini o'zgartirdik. Barchasi reja asosida kechdi.
Ikkinchi restartdan qoniqmadim. Rejalarimiz boshqacha edi, yanada ko'proq ochko olishni maqsad qilgandik. Bunda mening ham aybim bor, qaerdadir yaxshi ishlamadim",- deydi SHipilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar