So’nggi yangiliklar

09:34ПСЖ футболчисини Туркия жамоаси сотиб олди  1 09:03"Барселона" дунёнинг энг қашшоқ давлатларидан бири билан ҳомийлик шартномасини имзолади  2 08:32"Насаф" футзал жамоаси уч нафар Қирғиз Республикаси терма жамоаси аъзолари билан шартнома имзолади  1 08:01Суперлига. Бугун 2-даврага старт берилади  2 07:30Sofascore. Элдор Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  28 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  9 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0

Andrey SHipilov: "SHahzod Ubaydullaevning "SHaxtyor"da 20 kishilik ro'yxatni to'ldirib o'tirishi emas, o'ynab ketishi muhim" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "SHahzod Ubaydullaevning "SHaxtyor"da 20 kishilik ro'yxatni to'ldirib o'tirishi emas, o'ynab ketishi muhim"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa kecha yig'in doirasidagi beshinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va "Turon"ga kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu bahsdan so'ng "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Avvalo hozirda Toshkentda olib borilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini qanday o'tayotgani haqida malumot berib o'tsangiz...

- 11 yanvar sanasidan etiboran Toshkentda yig'inni olib boryapmiz. SHu kunga qadar beshta nazorat bahslarida ishtirok etdik. Yangi kelgan futbolchilar haqida aytadigan bo'lsam, Ivan Nagaev, SHahzod Nurmatov, Evgeniy Makeev, Nikita Pavlenko singari ijrochilarni safimizga qo'shib oldik. Ishlashda davom etmoqdamiz. Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishni imkoni bo'lmadi. Buning havotirli joyi yo'q. Hayot davom etadi, qatiy reja asosida tayyorgarlik ko'ryapmiz. Toshkentda havo juda ajoyib, bemalol nazorat o'yinlari tashkil qilinmoqda. Yig'inning eng qizg'in pallasidamiz. Mavjud sharoit va imkoniyatga qarab ishlayapmiz. Muhimi jamoaning kayfiyati yaxshi. SHukurki safimizda jiddiy jarohatlanganlar yo'q. Bu hozirgi kunda muhim sanaladi. Superliga 9 mart kuni start oladi. Bungacha esa yana 1-2 hafta Toshkentda shug'ullanamiz. CHempionat boshida ajoyib holatda bo'lishimizga umid qilaman. 

- Savolim "Spartak"dagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanilgan Evgeniy Makeev haqida. Uni jamoaga kelishi qay tariqa yuz berdi?

- Makeevni o'tgan mavsumdayoq jamoaga taklif qilmoqchi edik. Lekin, bunga ulgurmadik. U o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Og'ir-vazmin inson, deya olaman. Jamoadagi yosh futbolchilarga o'rnak bo'la olyapti. CHempionatimizga shunday legionerlar kelishi kerak. 

- SHahzod Ubaydullaevning "SHaxtyor" (Soligorsk) jamoasiga o'tishiga bosh murabbiy sifatida munosabatingiz qanday? 

- Bu haqida avval ham aytganman. Bizda tartib-qoida shunday, futbolchining rivojlanishi uchun to'sqinlik qilmaymiz. Futbolchilarimizga munosib takliflar bo'lsa qarab chiqamiz. Yana qaytaraman, futbolchining rivojlanishiga qarshiligimiz yo'q. SHahzod Ubaydullaevning salohiyati va imkoniyatidan kelib chiqib Belarus chempionati yana oldinga intilishi uchun tramplin, deb ayta olaman. Masalan, Jasur Yaxshiboev o'zini ko'rsatdi va "Legiya"ga yo'l oldi. Futbolchi jamoamizdan ketgan taqdirda yangi jamoasida o'z o'rnini topib keta olishi lozim. Zaxirada 20 kishilik ro'yxatni to'ldirib o'tirishi emas, o'ynab ketishi muhim. Kim uchundir bu omillar qiziq bo'lmasligi mumkin. 

- "Metallurg"ning oldiga bu yil qanday maqsad qo'yilgan? Jamoa avvalgi yillarda 5 va 6-o'rinlarni egalladi. Balki, sovrinli o'rinlar uchun kurashish payti kelgandir?

- Medallar uchun kurashishimiz haqida biror narsa deya olmayman. Bilasiz, hozirda ko'p narsa moliyaviy holatga bog'liq. Bizda byudjetimiz o'rtacha. Har qanday holatda ham kuchli beshlikka kirishga harakat qilamiz. Avvalgi yillarda 3 va 4-o'rinni egallagan jamoalar bilan oramizdagi ochko katta farq qilmagandi. Qo'l ostimda oldiga maqsad qo'ygan yigitlar jamlangan, yosh iqtidorlarga ham ishonch bildiryapmiz. 

- Yildan-yilga jamoada klub o'rinbosarlaridan yosh futbolchilar etishib chiqish bilan bir qatorda va turli yoshdagi terma jamoalardan taklif olishmoqda. Ushbu mavsumda ham shunday yoshlarga imkoniyat beriladimi?

- Uch yil ichida 11ga yaqin yosh futbolchi asosiy tarkibga jalb qilindi. Joriy mavsumda ham Muhsin Bozorov, Davron Anvarov, To'lqin Ergashev kabi yangi nomlarni uchratishingiz mumkin.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика