So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Andrey SHipilov: “Omad biz tomonda bo'ldi” Yangiliklar

Andrey SHipilov: “Omad biz tomonda bo'ldi”

Metallurg - Navbahor jamoalari uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'yin haqida o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

Oldingi o'yinlarda hujumlar o'z yakuniga etmay, jamoamizning unchalik ham omadi kelmayotgandi. SHu bois, ushbu uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik. “Navbahor” 22 avgust kuni O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida “Nasaf”ga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazgandi. Ammo o'sha bahsda namanganliklar mag'lubiyatga loyiq bo'lmasa-da, imkoniyatni boy bergandi. O'sha uchrashuvda “Navbahor” futbolchilarining ko'p kuch sarflashganini bilardik.

SHu bois, mazkur o'yinning birinchi bo'limida ustunlik ko'proq shogirdlarim tarafida bo'ldi va adashmasam, yigitlar 7 marta burchak zarbasini amalga oshirishdi. SHuningdek, raqib darvozasi tomon ham zarbalar yo'llandi. Namanganliklar esa xuddi Andijondagi kabi ko'proq o'z darvozalarini daxlsiz saqlash borasida o'ylashdi.

Ikkinchi bo'limda mehmonlarda darvozani ishg'ol etish uchun ikkita yuz foizli imkoniyat yuzaga keldi. Ammo o'sha vaziyatda darvozabonimiz Aleksandr Lobanov ajoyib o'yin namoyish etib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

SHuningdek, birinchi bo'limda yarim himoyachimiz Muzaffarjon Muzaffarovning jarima zarbasini mezbonlar darvozaboni O'tkir Yusupov o'z mahoratini namoyish etib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'lgandi. Lekin uning to'p kiritgan vaziyatda amalga oshirgan ikkinchi jarima zarbasini hech qaysi darvozabon qaytara olmasdi.

Bir so'z aytganda, ushbu bahsda omad bizga kulib boqdi. Bugungi g'alaba uchun barcha yigitlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, deydi Andrey SHipilov.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика