Andrey SHipilov: "Noyabr oyida chempionatni tugatsak ham bo'lardi"
03 noy 2020 19:30
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Noyabr oyida chempionatni tugatsak ham bo'lardi"
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun bizni og'ir o'yin kutib turganini bilardim. "So'g'diyona" doim bizni mag'lub etishni istaydi, biz ham xuddi shunday. Kichik derbi desak ham bo'ladi.
Bugun barchaga qiyin bo'ldi. Endi milliy terma jamoa yig'ini boshlanadi. Noyabr oyida chempionatni tugatsa bo'lardi, jarohatlarni davolash va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rsak ham bo'lardi. Bu mening qarorim emas.
Natija mutlaqo adolatli bo'ldi", - deydi Andrey SHipilov.
Fikrlar