Andrey SHipilov: "Kim birinchi gol ursa o'sha jamoa yutardi"
27 noy 2019 20:28
Yangiliklar


Andrey SHipilov: "Kim birinchi gol ursa o'sha jamoa yutardi"
Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.
- Mavsum oxirida musobaqa jadvalining o'rta hamda quyi pog'onalarida borayotgan jamoalarning bahsi qiziqarli kechmoqda. Bugun ham garchi hisob ochilmagan bo'lsa-da, muxlislar hujumkor futbolning shohidi bo'lishdi. Jamoalar to'rt bora darvoza ustuni va to'sinlarini poylashdi. Kim birinchi gol ursa o'sha jamoa yutardi. SHunday o'yinlar ko'proq bo'lishini istardim.
Hisob o'yinga mos bo'ldi. Har ikkala jamoada vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo himoyachi va darvozabonlar bugun ustunlik qilishdi. CHempionat tugashiga bitta tur qoldi. Mavsumni ijobiy natija bilan yakunlab, tatilga yaxshi kayfiyatda chiqib ketishni istaymiz. Buxoro jamoasiga ham shu tilaklarni bildiraman, - deydi Andrey Sergeevich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar