So’nggi yangiliklar

14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16

Andrey SHipilov: "Daho emasman" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Daho emasman"

"Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilov "Lokomotiv"ga (3:0) qarshi o'yindagi g'alabadan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

- 4-turni yakunlab bo'ldik. Menga qadar deyarli barcha murabbiylar dunyodagi holat haqida gapirib bo'lishdi. SHu boisdan ularning gaplarini takrorlab o'tirmayman va faqatgina futbol haqida gapiraman. Ha, o'yinga qadar bizda jamoaviy tonus yo'q edi, ancha vaqtdan buyon futbol o'ynamagandik. SHu sababdan raqiblarning o'yinini ham, o'zimizning o'yinimizni ham oldindan taxmin qilib bo'lmasdi. 3:0dan keyin istalgancha gapirish mumkin: rejamiz ish berdi, biz uni bajardik, buni bajardik... 

Aytishim mumkinki, omadimiz keldi. Hozir yigitlarga "Lokomotiv" maydonidagi ilk g'alaba bo'lganini aytib o'tdim. Umuman olganda, biz o'z ishimizni qilishda davom etyapmiz. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, "Lokomotiv" to'pga ko'proq egalik qildi. 35-daqiqalardan keyin esa ortga biroz "yotishga" majbur bo'ldik. SHunchaki, jamoa hali etarlicha kuch to'play olmagani ko'rindi. Ikkinchi bo'limda esa... Keling, ikki o'zgarishning ortidan ikki gol bo'lgani sababli o'zimni dahoga tenglashtirmayman. 

Bu reja doirasidagi o'zgarish edi. Futbolchilarimning katta qismi 90 daqiqalik futbolga tayyor emasligi ko'rinib turgandi. SHunchaki, charchagan futbolchilarni o'zgartirgandim, keyin esa omad kulib boqdi. SHunday ajoyib stadionda o'ynash juda yoqimli. Havo ham unchalik issiq bo'lmadi. Faqatgina uzoq muddat davomida futboldan dam olganimiz bizga xalaqit qilayotgandi. Ammo baribir sog'liq birinchi o'rinda, sportni esa keyingi pog'onaga qo'yaman.

- Karantindan keyingi futbol sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Bizda futbol tomosha qilish uchun 2 kun vaqtimiz bor edi. Menga "Qizilqum" - AGMK uchrashuvi juda ham yoqdi. Futbolchilarga ko'rsatish uchun ushbu o'yinning bir qismini kesib oldim ham. SHuningdek, kecha "So'g'diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi ham bo'lib o'tdi. Futbolchilarga qoyil qoldim, ular o'z murabbiyi aytganini to'liq bajardi, aslida ular ham ko'p mashg'ulot qilishmagandi, shu boisdan muammolar bo'lishi mumkin edi. Mana shu ikki o'yinni ko'rib, haqiqatdan ham zavq oldim. 

"So'g'diyona" futbolchilari misolida men o'z kasbini sevgan insonlarni ko'rdim. Kecha "Paxtakor" bosh murabbiyi yana 5 turdan keyin ko'p narsalar oydinlashishini, jarohatlarni, kim qanday tayyorgarlikga ega bo'lishini aytgandi. Mana endi bir tur o'ynadik. Yana to'rt turdan keyin barcha jamoalar yaxshi holatga kirib olishiga ishonaman. Taqvim ham og'ir tuzilmagan. Stadion ham, umuman olganda, barchasi yaxshi edi. "Lokomotiv"ga kelganimda doimo shuni aytib o'taman.

- "Lokomotiv" bilan o'tgan mavsumdagi 2 o'yinda ham durang qayd etilgandi, ushbu mavsumda esa g'alaba.
- SHunday futbol muhiti bor: "Lokomotiv"da, "Nasaf" stadionlarida o'ynash oson, chunki stadionlari yaxshi. SHuningdek, "Navbahor"da ham shunday. To'g'ri, hozir muxlislar futbol ko'rgani stadionga kela olishmayapti. Biroz muddatdan keyin ularga ham ruxsat berishlariga umid qilaman. "Lokomotiv" stadionida ko'plab katta o'yinlar bo'lgan, jamoa OCHLda kuchli jamoalarga qarshi o'ynagan. Bemalol ayta olamanki, "Lokomotiv" tarkibining kamida 7-8 nafar futbolchisi yuqori saviyada, deyarli butun bir tarkib O'zbekistondan tashqarida xalqaro o'yinlarda qatnashgan. Biz ham turnir jadvalida balandlarga chiqishni istaymiz.

- 5 o'zgarish - sizningcha ustunlikmi?
- Ha. Hozirgi holatda shunga ruxsat berishganiga juda xursand bo'ldim.



Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика