So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Andrey SHipilov: "Bunyodkor" o'z imzosiga ega jamoa" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Bunyodkor" o'z imzosiga ega jamoa"

Superliganing 6-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Metallurg" (3:1) uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga juda jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Kim bilan to'qnash kelayotganimizdan boxabar edik. "Bunyodkor" bejizga turnir jadvalida peshqadamlik qilmayapti. Raqibning kuchli taraflarini yaxshi o'rgangandik. "Bunyodkor"ni hamda ularning murabbiylar shtabini sinchiklab o'rganib chiqqandik. "Metallurg" bugun maydonda 55 daqiqa futbol o'ynadi. Aynan shu narsa yakunda bizga pand berdi. CHunki futbol 55 daqiqa emas, 90 daqiqa davom etadi. Biz yo'lgan xatoni futbolda hech qaysi jamoa kechirmaydi odatda.

"Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi farq? "Nasaf" biz bilan o'yin oldidan ikkita frontda kurashayotgandi. SHu boisdan ham ular funkcional jihatdan chempionat o'yiniga to'liq tayyor emasliklarini bilardik. Qarshidagi muvaffaqiyatli o'yinimizga albatta bu jihat ham rol o'ynadi, deb bemalol ayta olaman. Bugun esa biz o'yin suratini 55 daqiqa davom ettira oldik xolos. Qo'pol xato esa yakunda bizga qimmatga tushdi. CHempionatdagi barcha jamoani hurmat qilaman. SHuni alohida qayd etish kerakki, "Bunyodkor" haqli ravishda jamoa imijini munosib ushlab turibdi. Bu jamoaning o'z imzosi bor. Bugun ular haqli tarzda g'alaba qozonishdi. Murabbiy o'z strategiyasini jamoa o'yiniga to'liq kirita olgan.

Biz o'tgan 5ta o'yinda 2ta gol o'tkazgandik. Bugun esa o'tgan 5 turda o'tkazmagan golimizni qo'yvordik. Buni hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. O'yinni chuqur tahlil qilib, kamchilik va xatolardan kerakli xulosalarni chiqaramiz.

Uchrashuvdan keyin futbolchilarni yig'ib nima dedim? Jamoa g'alaba qozonib turganida hammasi yaxshi, risoladagidek ko'rinadi. Birgina mag'lubiyat hammasini izdan chiqarishi kerak emas. Hayot davom etadi. CHempionat yaqindagina boshlandi, hali barcha kurash oldinda. Buni chempionat avvalida ham takidlagandim. Bu yili kurash juda qizg'in bo'ladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика