So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Andrey SHipilov: "Natija adolatli bo'lmadi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Natija adolatli bo'lmadi"

"Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezmonlar ustozi Andrey SHipilov o'yin haqidagi o'z fikrini bildirib o'tdi.

- Biz har qanday raqibni hurmat qilamiz va ularga qarshi o'yinga puxta hozirlik ko'ramiz. "So'g'diyona" ham bundan mustasno emas. Mazkur uchrashuvga ham har tomonlama jiddiy tayyorlangandik. Yigitlarning o'yinidan,  harakatidan qoniqish hosil qildim. Ularga etirozim yo'q. Bugungi natija o'yinga mos bo'lmadi. Adolat mezonlariga to'g'ri kelmaydi. Biz g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdik. Biroq omad raqibga kulib boqdi.

Bugun chiroyli o'yin ko'rsatishimizga o'rtada uchrashuvni boshqarib borgan inson xalaqit berdi. Nafaqat "Metallurg"ga,  "So'g'diyona" jamoasiga ham to'p uchun kurashishga imkon bermadi. Bo'lar bo'lmasga,  asossiz hushtaklari bilan o'yinchilarning harakatini to'xtatib qo'yaverdi. Har ikkala jamoa o'yinchilarini maydonda tirqiratib yubordi.

Har ikkala jamoaning o'z vazifasi bor. 

"So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa harakatda davom etamiz. Bugun boy berilgan imkoniyat, ochkolarni boshqa joydan,  boshqa o'yinlardan topishga  urinamiz, deydi Andrey  Sergeevich.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика