So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Andrey SHipilov: "Bugun bir kishi futbol o'ynashimizga xalaqit berdi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Bugun bir kishi futbol o'ynashimizga xalaqit berdi"

Coca Cola Superliga 20-turidan o'rin olgan "Metallurg" –"Buxoro" (0:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kurashlarga boy o'yin. Ikki jamoa ham o'z vazifasini bajarishga harakat qildi. "Buxoro"ning maqsadi gol o'tkazmaslik va qarshi hujumda gol urish edi. Biz esa tezkor gol urib olishni maqsad qilgan edik. Birinchi va ikkinchi bo'limda juda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Nima ham derdim, adolatli durang bo'ldi. O'z maydonimizda ketma-ket uchinchi bor durang o'ynadik. Bugun bir kishi futbol o'ynashimizga xalaqit berdi", - deydi SHipilov. 

- CHetdan qaraganda "Metallurg" bugun safarda o'ynagandek tuyuldi...
- Uyda yoki safarda o'ynayotganimiz borasida hech narsa deya olmayman. SHunisi aniqki, biz o'z maydonimizda ketma-ket uchinchi bor durang o'ynayapmiz. Futbol o'ynashni istayapsizmi futbol o'ynang, xalaqit qilmang. Bu hech narsaga to'g'ri kelmaydi. Hakamlar o'ynashga qo'yib berishyapti? Agarda chempionat shu tarzda davom etsa va shunday munosabat bo'lsa biz qachon rivojlanamiz? Mana, kecha "Nasaf" AGMK juda yaxshi o'yin bo'ldi. Namanganda ham yaxshi o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" va "Andijon", undan oldin Toshkent derbisi ajoyib o'tdi. Nega futbol o'ynashga qo'yishmaydi? Futbolchilar o'ynashni xohlayapti, u bo'lsa suhbatlashib nimalarnidir muhokama qilyapti. Agarda kimdir tahlil qilmasa va ko'rib chiqmasa pastga sho'ng'ishda davom etamiz.

- Uch kundan keyin hozirda yaxshi formada bo'lib turgan "Nasaf"ga qarshi o'yin bo'ladi. Bu o'yindan oldin qanday fikrdasiz?
- "Nasaf" ajoyib jamoa, yaxshi saviyadagi murabbiyga ega. Ular munosib ravishda yuqori o'rinda ketishmoqda. Ular bizdan ikki kun ko'p dam olishadi. "Buxoro" ham bizdan bir kun ko'p dam oldi. Pandemiya vaqtida biz nima uchundir safarga bordik, barcha o'z uyida. Biz nima quvg'indimizmi? Agar barchasini stabil qilmoqchi bo'lsangiz, stabil qiling. Bazilarga komfort sharoitlar yaratilgan, nega biz bunday sharoitda o'ynashimiz kerak? Oldinda yana 20 kun tanaffus bo'ladi... Tayyorlanamiz, boshqa nima qila olardik. "Nasaf"ga qarshi oxirigacha kurashamiz. Undan keyin Jizzaxga boramizmi? Istagan joyda o'ynashga tayyormiz.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика