So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  2 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

Andrey SHipilov: "Barchasi xayrli tugaganligidan xursandmiz" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Barchasi xayrli tugaganligidan xursandmiz"

"Metallurg" - "Buxoro" jamoalari uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov qatnashdi.

Andrey SHipilov, "Metallurg" jamoasi bosh murabbiyi: - Musobaqa jadvalining kuchli uchligida borayotgan jiddiy raqibga qarshi o'ynadik. Har ikkala jamoa birinchi taymni ehtiyotkorlik bilan o'tkazdi. Xatoga yo'l qo'ymaslik payida bo'lishdi va buni uddalashdi. Ikkinchi taym boshida esa qo'pol xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Yaxshiyamki, ko'p vaqt o'tkazmasdan ikkita gol bilan javob qaytardik. 

Uchrashuv yakunida biz uchun og'ir kechdi. Lekin boshqa xatoga yo'l qo'ymadik. Ketma ket muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin bu g'alaba biz uchun juda zarur edi va biz uni saqlab qololdik. Bugun birinchi taymda shogirdlarimning o'yinidan qoniqish hosil qildim. Ikkinchi taymda masuliyat yuki og'irlik qildimi, yoki issiq havo tasirimi, ancha palapartish harakatlar kuzatildi. Barchasi xayrli tugaganligidan xursandmiz. Endi bir kunlik dam olishdan so'ng safar o'yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика