So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Andrey SHipilov: Barcha maydonlar ham Samarqanddagidek ajoyib holatda emas... Yangiliklar

Andrey SHipilov: Barcha maydonlar ham Samarqanddagidek ajoyib holatda emas...

“Dinamo” – “Metallurg” (2:1) uchrashuvidan keyin Metallurg bosh murabbiyi Andrey SHipilov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Samarqandda o'ynash doim yoqimli – ajoyib maydon, yaxshi atmosfera, ajoyib futbol havosi. “Dinamo” jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Futbol shunaqa, xatolarni kechirmaydi. Raqib jamoa 95 daqiqa g'alaba uchun kurashdi va janobi omad ham oxirigacha kurashgan tomonga kulib boqdi. Bizda yaxshi imkoniyatlar bor edi, ammo foydalana olmadik. O'yin nazoratini qo'ldan chiqarmagandik. Ikkinchi bo'lim yakunida nimalar bo'lganini tushunmay qoldim. Biz ungacha vaziyatlardan gol urib, masalani hal qilishimiz kerak edi. O'yin oxirida esa xatolarimiz golga olib keldi.

- Server Jeparov jarohat olib maydonni tark etdi. Bu borada qanday izoh bera olasiz?


- Jeparovning holati alo emasdi, ammo o'yin oldidan shifokorlarimiz Serverning o'yinga tayyorligini aytishdi. Uning zaxiradan tushirilishi ham rejamiz edi, ammo maydonga tushgach, kutilmaganda jarohat oldi. Balki ikkita zaxira borasida xatoga yo'l qo'ygandirmiz. Ammo bu o'zini oqlash emas, sababi menda zaxirada yana qator futbolchilar bor edi.

- “Metallurg” o'tgan uch turda “Surxon” (1:1), “Buxoro” (2:0) va “Dinamo” (1:2)ga qarshi maydonga tushdi. Siz raqiblar o'rtasida qay daraja farqni ko'rdingiz?


- Bu shaxsiy fikrim – kamida 7-turgacha Superligadagi barcha jamoalarning holati va saviyasi bir xil bo'ladi. Keyin esa futbolchilarning mahorati jamoalarning natijasini belgilab beradi. Hozirda barcha maydonlar ham Samarqanddagi yoki “Paxtakor”, Qarshidagidek holatda emas. SHunga qaramay, Superligada bugunga kelib 60-65 % maydonlar yaxshi holatga kelgan. O'ylaymanki, bir oydan keyin 6-7 tur o'tgach, hammasi o'z o'rnida bo'ladi. Bugungi kunda faqatgina “Paxtakor” va “Lokomotiv” klublarini alohida ko'rsatish mumkin. Ammo ularga ham oson bo'lmasligini “Nasaf” ko'rsatib berdi. Yoki aytaylik, o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan “Navbahor”ning yoshargan “Bunyodkor”ga mag'lub bo'lganini ko'rsatish mumkin. Hozirda tarkibda kimning borligi emas, jamoadagi intizom va kurashuvchanlik ustun kelmoqda. 7-turdan keyin mahoratli ijrochilarga ega jamoa ustun keladi.

- O'tgan uch tur davomida “Metallurg” posboni Safoev PFL tomonidan “oyning eng yaxshi darvozaboni” nomzodlari safiga kiritlgandi. Bugun esa gol urilgan vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi. Sizningcha, ham aynan u o'tgan uch turda eng yaxshi bo'ldimi jamoangiz safida?

- O'tkazib yuborilgan 2-golimizda birgina uning xatosi emas, o'sha zarbagacha boshqa futbolchilarimiz ham xato qilishdi. O'tgan uch tur davomida shaxsan men jamoam safidagi eng yaxshi sifatida Abbos Otaxonovni ko'rsatgan bo'lardim.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика