Andrey SHipilov: "33-daqiqagacha hech nima o'xshamadi"
29 mar 2019 23:35
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "33-daqiqagacha hech nima o'xshamadi"
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi uydagi o'yinda masuliyat ham boshqacha bo'ladi. "Buxoro" ilk turda AGMK bilan juda yaxshi o'ynagan edi.
Bugun 33-daqiqagacha bizda hech nima o'xshamadi, chunki raqib imkon bermadi. Aynan shu daqiqada chiroyli hujumdan keyin gol urdik. Maydonda juda ko'p kurash bo'ldi. Ko'plab standart vaziyatlariga ega bo'ldik.
To'g'ri biz natija uchun o'ynadik. G'alaba bilan jamoamni tabriklayman. Yomg'irli havoda stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman", - deydi Andrey SHipilov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar