Andrey SHevchenko Ukraina klubini boshqarishi mumkin
19 jan 2022 12:10
Yangiliklar
Andrey SHevchenko Ukraina klubini boshqarishi mumkin
"Jenoa"dan yaqindagina ketgan Andrey SHevchenko faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.
Ukrainalikning xizmatlariga ayni damda bosh murabbiyi Mircha Lucheskuga ega Kievning "Dinamo" klubi qiziqish bildirmoqda.
76 yoshli ruminiyalikning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko yaqinda muvaffaqiyatsiz natijalar sabab "Jenoa"dan istefoga chiqarildi.
Fikrlar