So’nggi yangiliklar

21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  3 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  3 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  31 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  19

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv" bu mavsum OCHLda ham yaxshi natija qayd etmoqchi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv" bu mavsum OCHLda ham yaxshi natija qayd etmoqchi"

Teglar :  Zob AhanLokomotiv
Bugun “Zob Ahan” – “Lokomotiv” bahsi oldidan har ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

 Unda Andrey Miklyaev tajribali futbolchi Sardor Mirzaev hamrohligida ishtirok etdi.  

- Ertaga bizni juda murosasiz bahs kutib turibdi. Zero Eron jamoalariga qarshi o'ynash hamisha qiyin bo'lib kelgan. Ular ancha tajovuzkor o'yin namoyish etishadi. Qolaversa, biz safarda o'ynaymiz. Raqib esa o'z ishqibozlari qarshisida maydonda saf tortadi. Biroq “Lokomotiv” uchrashuvda faqat va faqat g'alabani ko'zlagan holda o'ynaydi. Zero biz bu mavsum CHempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatli natijalar qayd etmoqchimiz. Buning uchun nafaqat uyda, balki safar o'yinlarida ham zafar quchish talab etiladi. Ertaga “Loko” mazmunli o'yin ko'rsatib, uyga 3 ochko bilan qaytishga urinadi, -  dedi tajribali mutaxassis.

- Ha, ertaga ancha shiddatli o'yin bo'lishini taxmin qila olaman. Zero raqib o'z uyida ancha shddatli o'ynaydi. Biroq biz ham “Zob Ahan”ga bo'sh kelmaslikka urinamiz. Uchrashuvda g'alabaga erishib, muxlislarimizni xursand etishni niyat qilyapmiz, -  dedi Sardor Mirzaev o'yinoldi matbuot anjumanida.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика