So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  16 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Andrey Miklyaev: "SHunday sovuqda stadionga kelgan muxlislarga rahmat" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "SHunday sovuqda stadionga kelgan muxlislarga rahmat"

O'zbekiston kubogi-2017 finalidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Mikyalev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo muxlislarga rahmat aytaman, shunday sovuqqa qaramay to'la stadionda o'ynash ajoyib bo'ldi. Ikkala jamoaga rahmat aytaman, yomon o'yin bo'lmadi. Ikkita turli taym guvohiga aylandik. Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Ketma ket ikkinchi yil O'zbekiston kubogida g'olib bo'lganimizdan xursandman. Oxirgi daqiqalarda biz hisobni saqlab qolish uchun o'ynadik. Omad kuchlilarga kulib boqadi. Barcha futbolchilarga mavsum uchun rahmat. Bizning jamoamizda hech qanday ziddiyatlar bo'lmadi. Bizni qo'llab quvvatlab turgan rahbariyat va muxlislarga, siz jurnalistlarga rahmat. Biz qo'yilgan maqsadlarga erishdik", - deydi Miklyaev. 


- O'tgan yil ham oltin dubl qayd etilgandi. Qaysi biri qiyinroq bo'ldi? 

- Hozir birdan aytish qiyin. Birinchi marta oltin dubl qayd etish doim qiyin bo'ladi. Sovrinlarni saqlab qolish uni qo'lga kiritishdan og'ir bo'ladi. Katta mehnatlar yotibdi.  Masalan bugun "Bunyodkor" uchrashuv oxirida bizni juda ham qiynadi. Bu mavsumda hech qaysi o'yinda bunchalik himoyalanmagan edik.


- Timur Kapadze klub tizimida qoladimi?

- Menimcha ha. Sababi bunday yaxshi kadrlarni shunday qo'yib yuborish to'g'ri emas.


- Legionerlar jamoada qolishadimi? 

- Hozir mavsum yakunlandi. Barcha xursand. Hozircha bu haqda aniq malumot bera olmayman. Legionerlar borasida yaxshilab o'ylab qaror qabul qilamiz.  


- Marat Bikmaevga "Paxtakor" qiziqmoqda. Bosh murabbiy sifatida nima deb o'ylaysiz u jamoada qoladimi? 

- Nafaqat "Paxtakor" balki ko'plab jamoalar unga qiziqishmoqda. Uning shartnomasi tugamoqda. Kelasi mavsum qaerda o'ynashi ko'proq Bikmaevning qaroriga bog'liq. 


- Jaloliddin Masharipov keyingi yil qaysi klubda o'ynaydi? 

- Bu ham yuqoridagi kabi vaziyat. Masharipov jamoamiz g'alabalariga xissa qo'shdi. Uning masalasi klublar rahbariyati o'rtasida hal bo'ladi. 


- Jamoadan keyingi yil OCHLda nima kutish mumkin?

- Biz ham o'zimizga shu savolni ko'p beramiz. Xalqaro maydonda ham o'z oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishishga harakat qilamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика