So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  4 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Andrey Miklyaev: "Andijon"dagi stadion O'zbekistondagi eng yomoni" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Andijon"dagi stadion O'zbekistondagi eng yomoni"

Coca Cola Superligasi 14-turi doirasidagi "Andijon" - "Lokomotiv" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev jurnalistlar savollariga javob berdi.




- Qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Hozirda o'zgarishlar davri ketmoqda. Tarkibimizda yosh yigitlar juda ko'p. SHu boisdan ularning o'zlariga kelib olishlari uchun vaqt kerak. Yigitlarga katta rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Hatto 10 kishi bo'lib qolganlarida ham taslim bo'lishmadi. 

- Jahongir Abdumo'minov bilan bog'liq qanday muammo bor?
- Hozircha bilmayman. Libos bo'yicha muammo bo'lishi mumkin. Buni keyinroq bilib olaman. Libos bo'yicha muammo bo'lgani sababli u zaxirada qoldi.

- Oldingi safar "Loko"da ishlaganingizda tarkibda yulduzlar o'ynardi. Hozir esa tarkib o'zgarib ketdi. 2 yillik o'zgarishlar haqida nima deya olasiz?
- Mavsum boshidan inobatga olsak, 9 nafar futbolchi jamoani tark etdi, ayrimlar horijga yo'l oldi. Klub oldimizga tarkibni yoshartirish vazifasini qo'ydi. Biz ham yoshlarimizga, o'rinbosarlar tarkibimizdan asosiy tarkibga futbolchilarni jalb qilishga harakat qilyapmiz.

- Jarohatlanganlar bormi?
- Tarkibimizda 6 nafar jarohatlangan futbolchilar bor. SHu boisdan ularning xizmatidan foydalana olmayapmiz.

SHu o'rinda qo'shimcha qilib ketmoqchiman. Bugun maydonning holati yaxshi emasdi, shu boisdan jamoa biz, muxlislar kutgan futbolni namoyish qila olmadi. Aytishim mumkinki, ayni damda bu stadion biz o'ynagan eng yomon stadion. Yaqindagina Andrey Kanchelskis tanqid qilgan TTYMI stadioni bilan esa farq er va osmonchalik. Bu stadionda yarim yil o'yin bo'lmadi. SHu boisdan o'yinda futbolchilar maydonga qarshi kurashdi. O't o'sib ketgan, o'rilmagan, to'p yurmayapti. Qum to'kib qo'yilgan joy esa changib ketmoqda. Bunga qarash og'ir. Agarda stadion yaxshi bo'lsa, muxlislar ham kiritilsa, bugun boshqacha o'yin bo'lardi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика