So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  1 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Andrey Miklyaev: "O'yin bobida raqibdan ustun edik" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "O'yin bobida raqibdan ustun edik"

"Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- O'yin oson o'tmadi. Uchrashuvni yaxshi boshladik, uchta gol urib oldik. Ko'rinishidan biz o'yinni shunday tugatishimiz ham mumkin edi, lekin o'zimizga muammo orttirdik. Birinchi bo'lim yakunida ko'rsatilgan qizil kartochkadan keyin ikkinchi taymda bir necha o'zgarishlar qilgan holda o'yinni qayta qurishga harakat qildik. SHu sababdan ikkinchi taymda himoyada o'ynashga to'g'ri keldi, vaziyatlar yaratishda biroz qiynaldik. Futbolchilar tanaffusda berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Uch ochko olganimizdan xursandman. Biz bunga o'yin bobida ham loyiq edik.



- Temurxo'ja Abduxoliqov bosh hakamga ko'p bora etiroz bildirdi. Uning xarakteri biroz o'zgargandek.
- Bilmadim. Bu o'yinning bosimiga, hissiyotlarning jilovlanmasligiga ham bog'liq. O'yin davomida unga ham bu borada ko'p gapirmasligi kerakligini takidlab turdik. Hissiyot hammada bor. Masalan, sariq kartochka berilgan vaziyatda raqiblar futbolchisi Ergash Ismoilov bilan bog'liq vaziyatni ham misol qilib keltirsa bo'ladi. Barchasi tushunarsiz. O'yinda bunday vaziyatlar bo'lib turadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика